2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 3000 metrga konkida yugurish yoʻnalishi boʻyicha musobaqalar 7-fevral kuni Milandagi Fiera Milanoida boʻlib oʻtdi. Italiya sharafini himoya qilgan Francesca Lollobrigida Olimpiya rekordini oʻrnatib, musobaqada gʻolib boʻldi. Bu uning Olimpiadadagi ilk oltin medali boʻldi. Sportchi, shuningdek, konkida yugurish sporti boʻyicha italiyalik ayol sportchilar orasida ilk bor Olimpiada oltin medaliga sazovor boʻldi. Norvegiyalik Ragne Viklund kumush medalni qoʻlga kiritdi, bu uning ilk Olimpiya medali hisoblanadi. Kanadalik sportchi Valérie Maltais esa bronza medaliga sazovor boʻldi, bu uning yakkalik bahslaridagi ilk Olimpiya medali hisoblanadi.
Tarixi 2022-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni Irene Schouten musobaqalardagi faoliyatini yakunladi. Kumush medal sovrindori Francesca Lollobrigida va bronza medal sovrindori Isabelle Weidemann bu yilgi Olimpiadaga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Olimpiadadan oldin Ragne Viklund 2025–2026 ISU uzoq masofaga konkida yugurish boʻyicha Jahon kubogi reytingida yetakchilik qilayotgan edi. Joy Beune esa 3000 metr boʻyicha 2025-yil jahon chempioni edi. Ishtirokchilar orasida jahon rekordi sohibasi va bir necha karra Olimpiya chempioni Martina Sáblíková ham bor edi, biroq u poyga kuni musobaqada ishtirok etishdan voz kechdi.
Rekordlar Musobaqa davomida quyidagi rekord oʻrnatildi: Sana Raund Sportchi Mamlakat Vaqt Rekord 7-fevral 8-juftlik Francesca Lollobrigida 3:54.28 OR, TR
Natijalar Poyga 16:00 da boshlanadi. Reyting Juftlik Yoʻlak Ism Mamlakat Vaqt Ortda qolgan vaqt Izohlar 8 O Francesca Lollobrigida 3:54.28 OR, 9 O Ragne Wiklund 3:56.54 +2.26 8 I Valérie Maltais 3:56.93 +2.65 4 10 I Joy Beune 3:58.12 +3.84 5 10 O Isabelle Weidemann 3:59.24 +4.96 6 7 I Nadezhda Morozova 4:01.20 +6.92 7 5 O Sandrine Tas 4:01.26 +6.98 8 9 I Marijke Groenewoud 4:01.35 +7.07 9 2 I Merel Conijn 4:01.65 +7.37 10 5 I Elizaveta Golubeva 4:03.30 +9.02 11 2 O Kaitlyn McGregor 4:04.97 +10.69 12 3 O Kseniia Korzhova 4:05.84 +11.55 13 1 O Laura Hall 4:06.15 +11.85 14 6 O Josie Hofmann 4:06.54 +12.26 15 7 O Maryna Zuyeva 4:07.09 +12.81 16 4 O Violette Braun 4:07.17 +12.88 17 4 I Yang Binyu 4:07.62 +13.34 18 6 I Momoka Horikawa 4:08.32 +14.04 19 3 I Jeannine Rosner 4:08.42 +14.14 20 1 I Greta Myers 4:13.47 +19.18
Manbalar
Turkum:Ayollar oʻrtasida konkida yugurish sporti 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida