Flia, fli, fliya yoki flija (albancha noaniq shakl: fli) – shimoliy Albaniyaga va Kosovo oshxonasiga xos albancha taom. U qaymoq surtilgan bir nechta krepga oʻxshash qatlamlardan iborat boʻlib, achchiq qaymoq va sariyogʻ bilan tortiladi. Nomining maʼnosi „qurbonlik“ deganidir (qarang: fli). Flia quyosh shaklida (albancha Dielli) tayyorlanadi va unda quyosh nurlari ham tasvirlanadi.
Anʼana 17-mart – anʼanaviy alban bayramlaridan boʻlgan Verëza (bahorgi tengkunlik) doirasiga kiruvchi sana – „Flia kuni“ sifatida eʼtirof etiladi, bu kuni oilalar qarindoshlarini flia tayyorlash va yeyish uchun mehmonga chaqirishadi. Flia albaniyaliklar tomonidan Verëza bayramida quyosh xudosiga qurbonlik sifatida tayyorlana boshlangan, deb taxmin qilinadi.
Tayyorlanishi Flia uchun juda oddiy masalliqlar kerak boʻlsa-da, uni tayyorlash ancha uzoq vaqt oladi. Masalliqlar: un, suv, sariyogʻ, yogurt, tuxum, yogʻ va tuz. Baʼzi turlarida ichiga toʻldirish sifatida qaymoq ishlatiladi. Asosiy masalliqlar (un, suv va tuz) krep xamiriga oʻxshaguncha aralashtiriladi. Flija shirin taom emas, balki odatda tushlik yoki kechki ovqatda yeyiladigan shoʻr asosiy taomdir. Xamir qatlamlari pishirish uchun ishlatiladigan sferik metall qopqoq – sač yordamida pishiriladi.
Manbalar
Turkum:Kosovo oshxonasi Turkum:Alban oshxonasi