Avliyo Stefan cherkovi – Istanbuldagi bolgar jamoasiga qarashli, Avliyo Stefan sharafiga bagʻishlab qurilgan pravoslav ibodatxonasi (Konstantinopol patriarxati yurisdiksiyasida). Cherkov qurilishida toʻliq choʻyandan foydalanilgan. Bu materialdan qurilgan dunyodagi kam sonli ibodatxonalardan biridir. Oltin Shox qoʻltigʻi sohillarida joylashgan.
1872-yil 11-may – Kirill va Mefodiy xotira kunida birinchi bolgar ekzarxi Anfim, patriarxiya taqiqiga qaramay shu yerda liturgiya oʻtkazgan. Shu marosimda Bolgariya pravoslav cherkovining avtokefaliyasi eʼlon qilingan hujjat tantanali ravishda oʻqilgan. 1912-yilgacha cherkov Bolgar ekzarxatining asosiy kafedral sobori boʻlgan. 2012-yilda Turkiya hukumati tomonidan yana bolgar jamoasiga qaytarilganBulgarian-Turks get foundation properties back Daily News, 15 июня 2012.. Cherkov hududida bolgar diniy arboblari – Makariopollik Ilarion , Veleslik Avksentiy, Plovdivlik Paisiy va Zograflik Parfeniy dafn etilgan. Tarixi
Qadimgi cherkov thumb|250 px|Yogʻochdan qurilgan ilk cherkov binosi 1766-yildan keyin Usmonli imperiyasidagi bolgarlar cherkov masalalarida Butunjahon (Ekumenik) patriarxatiga boʻysungan. Biroq XIX asrda milliy ong kuchayishi natijasida milliy pravoslav cherkovini qayta tiklash, shuningdek ibodatlar yunon tilida emas, balki cherkov-slavyan tilida oʻqiladigan cherkov binolarini qurish masalasi kun tartibiga chiqadi. 1849-yilda, Anfim IV ning ikkinchi patriarxligi davrida, Konstantinopoldagi bolgar jamoasi ehtiyojlari uchun kelib chiqishi bolgar boʻlgan moldaviyalik fanariot knyaz Stefan Bogoridi (; Stoyko Bogorov nomi bilan ham tanilgan; 1775—1859) tomonidan Fener va Balat maydonlari orasida, Ekumenik patriarx qarorgohi yaqinida joylashgan yogʻoch bino hadya qilingan.
Cherkov 1849-yil 9-oktyabrda muqaddaslashtirilgan va bolgar milliy uygʻonishining muhim markazlaridan biriga aylangan.
Aynan shu yerda 1870-yil 28-fevral kuni sulton Abdulaziz farmoni oʻqib eshittirilgan. Unda bolgarlar alohida etnos sifatida tan olinib, „Bolgar ekzarxati“ nomi ostida avtonom cherkov tuzish huquqi berilgan.
Temir cherkov Rudolph Philipp Waagner, Vena, binoning choʻyan elementlarini tayyorlovchi|thumb thumb|250px|Bolgariyalik Avliyo Stefan cherkovi tasvirlangan XX asr boshidagi otkritka Dastlabki yogʻoch bino yongʻinda zarar koʻrgach, ayni joyda kattaroq bino qurishga qaror qilindi.
1890-yil 25-iyundagi turk sultoni farmoni bilan Yogʻoch cherkov oʻrnida yangi ibodatxona qurishga ruxsat beriladi. Yangi cherkovning poydevor toshini 1892-yil 27-aprelda ekzarx Iosif I qoʻygan.
Temir konstruksiya tanlanishiga sabab – yerning temir-beton bino qurish uchun yetarlicha mustahkam emasligi edi. Bino loyihasini oʻsha paytda Istanbulda yashagan arman meʼmori Xovsep Aznavur ishlab chiqqan. Xalqaro tanlov natijasida metall qismlarni ishlab chiqarish buyurtmasini Avstriyaning „R. Ph. Waagner“ kompaniyasi yutgan. Taxminan 500 tonna ogʻirlikdagi tayyor qismlar 1893–1896-yillarda Venada ishlab chiqarilib, keyin Dunay va Qora dengiz orqali kemada Istanbulga olib kelindi. Cherkov karkasi poʻlatdan, devorlari esa metall listlardan tayyorlanib, ular bolt, gayka, parchin va payvand yordamida mahkamlangan – jami qariyb 4 million biriktiruvchi element ishlatilgan. Temir cherkov yigʻilishi 1896-yil 14-iyulda yakunlandi. Eski yogʻoch cherkovdan faqat altar ustidagi tosh saqlanib, ibodatxonaning yarim asrlik tarixini eslatuvchi yodgorlik sifatida qoldirilgan.
Cherkov 1898-yilda toʻliq qurib bitkaziladi va oʻsha yil 8-sentyabrda bolgar ekzarxi Iosif tomonidan muqaddaslashtiriladi.
2010-yil 27-dekabr Avliyo Stefan kunida, xotira ibodati oʻtkaziladi. Shu arafada gumbazlar oltin yaproqlar bilan qoplangan.
2012-yil 15-iyunda Turkiya hukumati qarori bilan cherkov bolgar jamoasiga qaytarilgan.
Cherkov kapital taʼmirlanadi (taʼmirlash taxminan 7 yil davom etgan va tayanch ustunlarni mustahkamlashni ham oʻz ichiga olgan) hamda 2018-yil yanvarida tantanali ravishda ochiladi. Marosimda Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan qatnashgan. Taʼmirlash xarajatlarining asosiy qismini Turkiya tomoni ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro dastur doirasida qoplagan (shu dastur doirasida Bolgariyaning Plovdiv shahridagi jomeʼ masjidi ham restavratsiya qilingan). Restavratsiya qiymati taxminan 3,5 million yevro boʻlib, shundan 390 ming yevrosini Bolgariya ajratgan. Turkiya OAV bu qoʻshma loyihani „yaxshi qoʻshnichilik va bagʻrikenglik ramzi“ deb atagan.
2018-yil 30-sentyabrda Istanbuldagi bolgar cherkovining 120 yilligi nishonlandi. Cherkov hovlisida yer uchastkasini hadya qilgan Stefan Bogoridi byusti oʻrnatiladi.
2023-yil 27-dekabr cherkovning asosiy bayrami kuni, bolgar cherkovi boʻlinganidan beri ilk bora bu yerda Ekumenik patriarx tomonidan liturgiya oʻqiladi. Arxitekturasi
Bino xochsimon shakldagi uch nefli bazilika koʻrinishida qurilgan. Cherkov altari Oltin Shox qoʻltigʻi tomonga qaratilgan. Kirish qismi (pritvor) ustida balandligi taxminan 40 metr boʻlgan qoʻngʻiroq minorasi joylashgan. Dastlab minoradagi olti qoʻngʻiroq Yaroslavlda Pyotr Olovyanishnikov zavodida quyilgan. Ulardan ikkitasi hozirgacha saqlanib qolgan.
Cherkov ichki qismi modern uslubida bezatilgan (Istanbulda ushbu uslub qoʻllangan ilk misollardan biridir). Ikonostas dastlab katolik anʼanalari asosida loyihalashtirilgan, shuning uchun ekzarxat kotibi rus ustalariga murojaat qilishga majbur boʻlgan. Natijada cherkov ikonostasi moskvalik Nikolay Axapkin firmasi tomonidan tayyorlangan. Ikonalarni rus rassomi Klavdiy Lebedev chizgan.
Cherkovning maftunkor bezaklarida neogotika va neobarokko uslublari elementlari ham mavjud. Galereya
Manbalar
Istanbul Turkum:Turkiya pravoslav cherkovlariTurkum:Choʻyan arxitekturasi Turkum:Istanbul cherkovlariTurkum:Turkiya neogotik meʼmorchiligi