Xoja Nur Muhammad Maharviy (; 1729/1730-yil 2-aprelda tugʻilgan, 1790-yil 3-avgustda vafot etgan) – Chishtiyon, Panjob, Pokistondan chiqqan Chishtiya tariqatiga eʼtiqod qiluvchi panjoblik soʻfiy avliyosi boʻlgan.

Hayoti va taʼlimi

Maharviy 1729 yoki 1730-yilda Xarol qabilasiga mansub panjoblik musulmon oilasida Bahovulnagar yaqinidagi Chhotala qishlogʻida tugʻilgan. Uning tugʻilgan paytdagi ismi Bahbal boʻlib, Shayx Faxruddinxon unga Nur Muhammad ismini bergan. U dastlabki taʼlimini toʻrt yoshida Chishtiyon yaqinidagi kichik Mahar qishlogʻida hofiz Muhammad Masʼud rahbarligida boshlagan. Keyinchalik u oʻz taʼlimini Dehlida Shayx Faxruddinxon qoʻl ostidagi Gʻoziyuddinxon madrasasida davom ettirgan. Nur Muhammad 1752-yil fevralida Faxruddinxonga bayʼat qilgan, Faxruddinxon esa uni Chishtiya tariqatining Faxriy tarmogʻi xalifasi qilib tayinlagan. Oʻsha yili u Pakpattanga mavlono Faxruddinxon bilan birga kelgan va bu uning taʼlim olishi yakunlanganini anglatgan. Shundan soʻng Faxruddinxon Maharviyga Mahar Sharifga qaytib, xalqqa vaʼz qilishni buyurgan. Maharviy 1790-yilda vafot etgan va Mahar qishlogʻidan 3 chaqirim uzoqlikdagi Taj Sarovarda dafn etilgan.

Taʼlimoti Maharviy Bahovulpur viloyatida, ayniqsa Bahovulpur hukmdori Bahovulxon Abbosiy II unga murid boʻlganidan soʻng, juda mashhur boʻlgan. Soʻfiy shoir Xoja Gʻulom Farid ham Nur Muhammadni oʻzining maʼnaviy piri deb bilgan va u haqda kafiy yozgan:.

Arab vi teḍi, ʿAjam vi teḍi

Sīnd, Panjāb da raja

„Sen Arabiston va Ajamga egasan va maqoming Sind hamda Panjobning rojasiga teng.“

Maharviyning taʼlimoti Panjob va Sinddagi koʻplab mahalliy qabilalarning Islomni qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan. Uning 40 dan ortiq shogirdi boʻlib, ular orasida Sulaymon Tavnsaviy ham bor edi.

Oilasi

Nur Muhammad Maharviyning uch oʻgʻli (Nur as-Samad, Nur Ahmad va Nur Hasan) va ikki qizi boʻlgan.

Vafoti Uning dargohi Chishtiyonda joylashgan boʻlib, u yerda har yili Zulhijja oyining 1–3-kunlarida uning ursi (vafot sanasi) nishonlanadi.

Maqbarasi Maharviy maqbarasi uning vafotidan koʻp oʻtmay qurilgan. Uning shogirdi Sulaymon Tavnsaviy qabr atrofidan bir gektar yer sotib olib, maqbara qurilishini boshlab bergan. Keyingi ishlarni uning shogirdi Muhammad Oqil boshqargan boʻlib, u maqbaraning gumbazini qurish masʼuliyatini oʻz zimmasiga olgan, Muhammad Jamol Moʻltoniy esa tashqi devorlarni koʻtarishda katta rol oʻynagan. Ziyoratchilar uchun moʻljallangan boshpana hovlining oʻng tomonida joylashgan boʻlib, u Maharviy avlodlari tomonidan qurilgan.

Manbalar

Turkum:1746-yilda tugʻilganlar Turkum:1793-yilda vafot etganlar Turkum:Panjob soʻfiy avliyolari Turkum:Soʻfiy oriflar Turkum:Soʻfiy shoirlar Turkum:Chishtiylar Turkum:Hindiston soʻfiy avliyolari Turkum:1729-yilda tugʻilganlar Turkum:1790-yilda vafot etganlar