Kıreli jangi – Oq qoʻyunlilar davlatiga qarshi Usmoniylar imperiyasi va Karamanoğulları bekligi tomonidan sodir etilgan jang.
Usmoniylar qoʻshiniga Onadoʼli beklarbegi Koca Davud posho va Mehmed II ning oʼgʼli Karaman beklarbegi Mustafo Chelebiy qoʻmondonlik qilgan.
Jang Oq qoʻyunli shahzodasi Yusufcha Mirzo oʻz qoʻshini bilan Konya tekisligini bosib oʻtib, Akshehirga keldi. Bu yerda Mustafo Chelebiyning uning ustiga yurish qilayotganini bilib, janubga yoʻl oldi va Kırelida Usmoniylar qoʻshini bilan toʻqnash keldi. Jang boshlanishi bilanoq kutilmaganda hujum boshlagan Oq qoʻyunli qoʻshini Usmoniylarning tezkor javobi qarshisida dovdirab qoldi va jang tartibini yoʻqotdi.
Oq qoʻyunli qoʻshinining katta qismi qirib tashlangan bir paytda Yusufcha Mirzo va uning birodarlari Zeynal va Umar Mirzolar asir olindi. Uzun Hasan oʻgʻillarini ularning ogʻirligiga teng boʼlgan oltin toʻlab asirlikdan qutqarib oldi.
Manbalar
Turkum:1470-yillar Usmoniylar imperiyasida Turkum:Konya viloyati tarixi Turkum:Oq qooʻyunlilar Turkum:Usmoniylar imperiyasi ishtirokidagi janglar Turkum:Mehmed II ning janglari Turkum:Kıreli