Iqbol Sobirjonovna Toshpoʻlatova (4-fevral 1958, Namangan) — oʻzbek sozandasi, dutor ijrochisi, pedagog, dotsent. Oʻzbek milliy musiqa sanʼatini rivojlantirish va yoshlarga yetkazishga butun umrini bagʻishlagan sanʼat fidoyisi. 2024-yilda “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Hayoti va taʼlimi Iqbol Toshpoʻlatova 1958-yil 4-fevralda Namangan shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Bolaligidan musiqaga qiziqib, qashqar rubobida ijrochilikni boshlagan. 1973-yilda Namangan musiqa bilim yurtida tahsil olgan. 1977-yilda Toshkent davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirib, dutor yoʻnalishiga yoʻnaltirilgan. Konservatoriyada mashhur ustozlar — Abdurahim Hamidov, Fattoxon Mamadaliyev va Shavkat Mirzayevlardan saboq olgan, joʻrnavoz sifatida ham faol ijod qilgan.
Pedagogik faoliyati 1982-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlab, shu yerda pedagogik faoliyatini boshlagan. 1980-yillarning oxirlarida dutor sinfi va ansamblga rahbarlik qilgan. 2005-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. Ijodiy faoliyati davomida oʻnlab shogirdlarni yetishtirgan, ular bugungi kunda respublika boʻylab turli sanʼat maktablari, kollejlar va institutlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Ijodiy faoliyati Iqbol Toshpoʻlatova oʻz shogirdlari bilan birgalikda koʻplab Respublika va xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Ustoz oʻzbek maqomlari, dutor asarlari va ansambl ijrochiligi rivojida muhim oʻrin tutadi. 2024-yilda “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Mukofot va unvonlari “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni (2024) Dotsent unvoni (2005)
Manbalar “Iqbol Toshpoʻlatova hayoti va ijodi haqida”. Word hujjati (2025). Rifatilla Qosimov. An’anaviy ijrochilik. — Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti, 2007.
Turkum:Oʻzbek sozandalari Turkum:Oʻzbek pedagoglari Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:Dutor ijrochilari Turkum:Madaniyat va sanʼat fidokorlari