„Range: Why Generalists Triumph in a Specialized World“ — bu David Epsteinning 2019-yilda nashr etilgan kitobi boʻlib, unda u oʻzining oldingi „The Sports Gene: Inside the Science of Extraordinary Athletic Performance“ kitobidagi gʻoyalarni kengaytirib, ortiqcha ixtisoslashuvga qarshi umumiy fikr bildiradi. Uning taʼkidlashicha, range (keng qamrov) — yaʼni turli sohalardagi xilma-xil tajriba — bugungi jamiyatda ixtisoslashuvdan koʻra muhimroq, chunki zamonaviy dunyoning murakkab muammolarini hal qilish uchun bir nechta sohalardan olingan tajriba va bilimlarni birlashtirish talab etiladi. „Range“ New York Times gazetasining №1 bestselleri boʻlgan.
Manbalar