Oq masjid (; ) – hozirgi kunda qisman xarobaga aylangan, markaziy Isroilning Ramla shahrida joylashgan Umaviylar davriga oid masjid. Uning faqat minorasi saqlanib qolgan. Mahalliy islomiy anʼanaga koʻra, masjidning shimoli-gʻarbiy qismida Solih paygʻambarning ziyoratgohi joylashgan.
Masjid minorasi, shuningdek, Qirq shahidlar minorasi nomi bilan ham tanilgan. Milodiy 146-yildan boshlab qayd etilgan islomiy anʼanaga koʻra, masjid hududiga islom paygʻambari Muhammadning qirq nafar sahobasi dafn etilgan.
2000-yilda masjid joyi UNESCOning Butunjahon merosi nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi Qayta qurilishlar
1034-yil yanvar oyida sodir boʻlgan zilzila masjidni vayronaga aylantirib yuborgan. 1047-yilda esa Nosir Xisrav masjid qayta tiklanganini xabar qilganPringle, 1998, pp. 182-185.
Dastlabki qayta qurilish ishlaridan soʻng, 1190-yilda Salohuddin oʻzining mashhur meʼmorlardan biri Ilyos ibn Abdullohga masjidning ikkinchi qurilish bosqichini nazorat qilishni buyurdi. Ilyos masjidning gʻarbiy tomonini va gʻarbiy tashqi devorini, shuningdek, markaziy vudu inshootini qurgan.
Uchinchi bosqich 1267–1268-yillarda nasroniy Quddus salibchilar qirolligi qulaganidan keyin boshlandi. Mamluk sultoni az-Zohir Boybars farmoni bilan masjid qayta vaqf qilinib, minora, gumbaz, yangi minbar va mehrob, minoraning sharq tomonida ayvon va tashqi qismida 2 ta zal qoʻshish yoʻli bilan oʻzgartirildi. Keyinchalik mamluk sultoni an-Nosir Muhammad 1318-yil oktyabridagi zilziladan soʻng minorani taʼmirladi. Mamluklar 1408-yilda yana taʼmirlash ishlarini olib borishni buyurdi.
Ramladagi Oq masjidning soʻnggi taʼmiri 1844–1918-yillar oraligʻida amalga oshirilgan. Shundan beri masjid, asosan, vayron boʻlib, uning faqat minorasi saqlanib qolgan.
Meʼmoriy tuzilishi Reja va namozxona Oq masjid majmuasi toʻrtburchak shaklda boʻlib, oʻlchami 93 x 84 m. Katta ochiq sahn atrofini inshootlar va devorlar oʻrab turadi.
Masjidning katta qismi oq marmardan qurilgan boʻlib, eshiklari uchun sarv va kedr yogʻochidan foydalanilgan. Toʻrt fasadidan sharqiy tomoni yaroqsiz holga kelgan.
Minora
Mamluklar qurdirgan hozirgi minoraning rasmiy nomi Qirq shahidlar minorasi deb nomlanadi, shuningdek, Oq minora nomi bilan ham tanilgan. Ushbu minora masjid majmuasining shimoliy tomonida joylashgan, kvadrat shaklda, besh qavatdan iborat. Yuqori qismida balkon mavjud. Balandligi White Mosque Encyclopædia Britannica. Encyclopædia Britannica Online. 26 Dec. 2008., 125 pogʻonali zina orqali chiqiladi va ichida dam olish yoki oʻquv xonasi sifatida foydalanish mumkin boʻlgan kichik xonalar mavjud.
Arxeologik qazishmalar
Isroil davlati tomonidan 1949-yilda Diniy xizmatlar vazirligi va Isroil qadimiy yodgorliklar va muzeylar boshqarmasi topshirigʻiga binoan oʻtkazilgan qazishmalar masjid majmuasi toʻrtburchak shaklda qurilganini va uning tarkibiga masjidning oʻzi, toʻrtburchakning sharqiy va gʻarbiy devorlari boʻylab ikkita ayvon, shimoliy devor, minora, markaziy qismdagi aniqlanmagan bino va uchta yer osti suv ombori kiritilganini koʻrsatdi. Masjid keng namozxonaga ega boʻlib, qibla Makkaga qaratilgan. Masjidning taʼmiri haqida ikki yozuv topilgan, ularning birinchisida sulton Baybars minoraning ustiga gumbaz qurib, eshik qoʻshgani aytiladi. Ikkinchi yozuv esa 1408-yilda Sayfiddin Baygʻut az-Zohiriy janubiy suv ombori devorlarini suvoq bilan qoplatgani haqida xabar beradi.
Yana qarang
Isroilda islom Isroildagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Adabiyotlar
Qoʻshimcha adabiyotlar
Havolalar
Turkum:8-asr masjidlari Turkum:1268-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Ramladagi binolar va inshootlar Turkum:Ramla tarixi Turkum:Isroildagi islomiy ziyoratgohlar Turkum:Oʻrta asr Falastin tarixi Turkum:Isroildagi gumbazli masjidlar Turkum:Isroildagi minorali masjidlar Turkum:Masjid xarobalari Turkum:1260-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:720-yillarda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar Turkum:Isroildagi xarobalar Turkum:13-asrda qurib bitkazilgan minoralar Turkum:Butunjahon merosi nomzodlar roʻyxati