Sobit ibn Nasr ibn molik al-Xuzoi () (813/14-yilda vafot etgan) – Abbosiylar lashkarboshisi va 808–813-yillarda Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh Kilikiyasi chegara hududi (as-sugʻur ash-Shomiyya) hokimi.
Sobit xurosonlik boʻlganCobb (2001), p. 93 va dastlabki Abbosiylar tarafdori va harbiy qoʻmondon Malik ibn al-Haysam al-Xuzaʼiyning nabirasi ediCrone (1980), p. 181. U Horun ar-Rashid hukmronligining oxirgi yili (808/9)da Suriya sugʻurlari (asosiy qismi poytaxti Tars boʻlgan Kilikiyani oʻz ichiga olgan) hokimi etib tayinlanganCrone (1980), p. 182Bonner (1996), p. 95. U 808-yilda vizantiyaliklar bilan Podandosda asir almashuvini tashkil qildiBonner (1996), p. 97. Lekin ularga qarshi talonchilik yurishlarining (savoif) bir qatoriga ham boshchilik qildi. Biroq shulardan birida 812-yil avgust oyida u Armaniyalik Levonga agʻlub boʻlib, 2 000 askarini yoʻqotdi.
Taxminan 810-yildan boshlab, al-Amin va uning ukasi al-Maʼmun oʻrtasidagi fuqarolar urushi boshlanishi bilan, Sobit boshqa koʻplab viloyat hokimlari va zodagonlar singari, oʻz viloyati ustidan deyarli mustaqil nazoratni qoʻlga kiritdiCobb (2001), pp. 93–94. U 813-yilda Maʼmunning yakuniy gʻalabasidan koʻp oʻtmay vafot etdi yoki oʻldirildi, ayrim manbalarga koʻra, amakivachchasi Nasr ibn Hamza ibn Molik tomonidan zaharlanganCrone (1980), p. 183.
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:810-yillarda vafot etganlar Turkum:Abbosiy xalifaligi lashkarboshilari Turkum:IX asr arablari