Jamoliddin Abu al-Hajjoj Yusuf ibn az-Zakiy Abdurrahmon ibn Yusuf ibn Abdulmalik ibn Yusuf al-Kalbiy al-Qudoiy al-Mizzīy, (), shuningdek Al-Hofiz Abu al-Hajjoj nomi bilan tanilgan, Suriyalik muhaddis va mashhur ilm ar-rijol sohasidagi eng yetakchi ulamo edi.

Hayoti Al-Mizzīy 1256-yilda Halab yaqinida soʻnggi Ayyubiylar amiri An-Nasir Yusuf hukmronligi davrida tugʻilgan. 1260-yildan boshlab bu hudud Mamluk sultonligining naib as-saltanalari (noib sultonlar) tomonidan boshqarilgan. Bolaligida u oilasi bilan birga Damashq tashqarisidagi al-Mizza qishlogʻiga koʻchib oʻtadi va u yerda Qur’on va fiqhni oʻrganadi. Yigirma yoshlari atrofida u muhaddis boʻlish uchun tahsil ola boshlaydi va ustozlardan dars oladi. Uning sinfdoshi va umrboqiy doʻsti Taqiyuddin ibn Taymiyya edi. Aynan Ibn Taymiyaning, shofeʼilikning huquqiy qarashlariga zid gʻoyalari, mafkuraviy taʼsiri uni bir muddat qamoqqa tushishiga sabab kelgan.

Ibn Taymiyaga yaqinligiga qaramay, u 1319-yilda Damashqdagi yetakchi hadis maktabi boʻlmish Dor al-Hadis al-Ashrafiyyaning rahbari boʻldi. Shuningdek u Ash’ariy aqidasiga eʼtiqod qilishini bildirgan boʻlsa-da, uning haqiqiy eʼtiqodlari borasida shubhalar davom etgan. U Misr Mamluk sultonligi, Suriya () va Hijoz boʻylab safar qilgan va musulmon olamidagi eng buyuk ilm ar-rijol () olimi, shuningdek arab tilining yetuk grammatik va filologi boʻlgan. U 1341/1342-yillarda Damashqdagi Dor al-Hadis al-Ashrafiyyada vafot etgan va Sufiyya qabristoniga dafn qilingan, by al-Kattani, pg. 208, Dar al-Bashaʼir al-Islamiyyah, Beirut, seventh edition, 2007..

Shogirdlari Az-Zahabiy Abdulvahhob as-Subkiy Ismoil ibn Kasir Ibn Kasir al-Mizzīning qizlaridan biriga uylangan. Ibn al-FurotFozia Bora, Writing History in the Medieval Islamic World: The Value of Chronicles as Archives, The Early and Medieval Islamic World (London: I. B. Tauris, 2019), p. 38; .. Najmiddin at-Tufiy.

Asarlari Tahzib al-kamal fi asmo ar-rijol; tarjimayi hol lugʻati boʻlib, Al-Kamal fi Asmaʼ ar-Rijal nomli roviylar tarjimayi hollari toʻplamining kengaytirilgan va qayta ishlangan nusxasidir. Unda olti asosiy hadis toʻplami va boshqalardagi isnod roviylari hadisning tarfi (boshlanish qismi) asosida jamlangan. Tahzibda Ruvot kutub as-sitta ham kiritilgan. Ibn Hajar al-Asqalaniy va boshqalar bu asar boʻyicha muxtasarlar yozgan. Tuhfat al-ashrof bi-maʼrifat al-atrof; birinchi avlod roviylari – Paygʻambar sahobalarining musnadlari alifbo tartibida joylashtirilgan ensiklopediyasi. U musulmon rivoyatshunosligini oʻrganish uchun beqiyos manba boʻlib, an-Nasoiy Al-Sunan al-kubrosini ham oʻz ichiga oladi.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Imom al-Mizzī, uning qisqa qamogʻi va Imom al-Buxoriyning „Xalq af’al al-ibod“ asari()

Turkum:1256-yilda tugʻilganlar Turkum:1342-yilda vafot etganlar Turkum:XIII asr arablari Turkum:14-asr arab shaxslari Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Shofiʼiylar Turkum:Asariylar Turkum:Hadis ulamolari Turkum:Damashqliklar Turkum:14-asr islom ulamolari Turkum:Dastlabki salafiylar Turkum:13-asr huquqshunoslari Turkum:14-asr huquqshunoslari Turkum:Jarh va ta’dil olimlari Turkum:Banu Kalb Turkum:1341-yilda vafot etganlar