Kamilla Stanislavovna Rahimova (; 2001-yil 28-avgustda tugʻilgan) – asli rossiyalik boʻlgan oʻzbekistonlik professional tennischi. Kamilla 2024-yil 30-dekabrda WTA yakkalik reytingida 60-oʻrinni va 2025-yil 25-avgustda juftlik reytingida 51-oʻrinni egallab, oʻzining eng yuqori natijalariga erishgan.
Rahimova WTA Tourda uchta juftlik unvonini, WTA Challenger Turida ikkita juftlik unvonini, shuningdek, ikkita WTA Challenger yakkalik unvonini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti Rahimova Oʻzbekiston SSR uchun yoshlar tennisi boʻyicha oʻynagan Rufina Rahimovaning (qizlik familiyasi Yalalova) qizidir. Uning Toshkentda tugʻilgan Timur ismli akasi bor, Kamillaning oʻzi esa Yekaterinburgda dunyoga kelgan. 2025-yil dekabr oyida Rahimova musobaqalarda Oʻzbekiston nomidan qatnashishi eʼlon qilingach, u oʻzining sport fuqaroligini Rossiyadan Oʻzbekistonga oʻzgartirgan.
Rahimova Volga tatarlari va boshqirdlar avlodidan; onasi Oʻzbekistondan, otasi esa Ufa shahridan.
Manbalar
Havolalar Kamilla Rahimova WTA saytida Kamilla Rahimova Xalqaro tennis federasiyasi saytida Kamilla Rahimova Wimbledon tennis federasiyasi saytida Kamilla Rahimova Olympedia saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha tennischilar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol tennischilar Turkum:Rossiya sport ustalari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari Turkum:Boshqirdlar Turkum:Tatar millatiga mansub ayol sportchilar Turkum:Boshqird millatiga mansub oʻzbekistonliklar Turkum:Tatar millatiga mansub oʻzbekistonliklar