Bashir Ahmad Bezan – afg‘onistonlik siyosatchi boʻlib, Afgʻonistonning 2009-yilgi Prezidentlik saylovlarida nomzod boʻlgan.

Akademik faoliyati Bezan 1992-yilda Xoʻja Abdulloh Ansariy litseyini tamomlagan. Keyinchalik u Kobul universitetining Jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan.

Jurnalistlik faoliyati Bezan „Cinna“ jurnali – haftalik madaniy jurnalning asoschisi va muharriri boʻlgan. U Ariana Airlines aviakompaniyasining „Parwaz“ jurnali muharriri lavozimida ishlagan. Saylovlardan darhol oldin u Xabarnigar gazetasining muharriri boʻlgan.

Siyosiy faoliyati Bezan Kangara Afghanistan National Party siyosiy partiyasiga asos solgan. U 38 kishidan iborat nomzodlar orasida 1,272 ovoz bilan 28-oʻrinni egallagan.

Manbalar

Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Afgʻonistonlik siyosatchilar Turkum:Afgʻonistonlik jurnalistlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar