Sidi Bishr masjidi () – Misrning shimoliy sohilida, Iskandariya shahrining Sidi Bishr mahallasida joylashgan masjid. Masjidga hijriy V–VI (milodiy XI–XII) asr oxiri va boshida yashagan, Magʻribdan Iskandariyaga kelgan shayx Bishr ibn al-Hussayn ibn Muhammad ibn Ubaydulloh ibn al-Hussayn ibn Bishr al-Jovhariy shayxning nomi berilgan.

Meʼmorchiligi Masjid toʻrtburchak shaklidagi sahnga ega boʻlib, portiklar bilan oʻralgan. Masjidda, shuningdek, 3 ta portikka ega, uchi nuqta shaklidagi arkalarni koʻtarib turadigan sakkizburchak ustunlardan iborat ayvon ham mavjud. Ayvon qibla devoriga parallel 4 ta koridorga boʻlingan. Ayvonning gʻarbiy tomonida kub shaklidagi xonaga ega, usti gumbaz bilan qoplangan maqbara mavjud. Bu gumbaz masjidning eng qadimiy qismi hisoblanadi, chunki u milodiy XIX asrga taalluqlidir. Masjid bir necha bor qayta taʼmirlangan, eng muhimi taʼmirlash ishlari Misr xedivi Abbos II ning hukmronligi davrida, shuningdek, 1945-yilda amalga oshirilgan. Shu paytda masjid hajmi toʻrt barobar kattalashgan.

Yana qarang Misrdagi masjidlar roʻyxati Misrda islom Iskandariyadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:19-asr Misrdagi masjidlar Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar Turkum:Iskandariyadagi masjidlar