Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad ibn an-Numon ibn Abdul Salam al-Ukbariy al-Bagʻdodiy (, ash-Shayx al-Mufid () va Ibn al-Mu’allim nomlari bilan tanilgan; milodiy taxminan9481022) – mashhur imomiy shia musulmon olimi, faqih va mutakallim. Kelib chiqishi Iroqdan boʻlgan. Otasi muallim boʻlgani uchun u „Ibn al-Mu’allim“ („muallim oʻgʻli“) taxallusini olgan. „al-Mufid“ („foyda keltiruvchi [kishi]“) taxallusi unga yoki oʻn ikkinchi shia imomi Muhammad al-Mahdiy tomonidan yoki u bilan bahsdan soʻng muʼtaziliy olim ar-Rummoniy tomonidan berilgan. Oʻz davrida shialar jamoasining yetakchisi boʻlgan.
U yirik shia olimlari ash-Shayx as-Saduq va Ibn Qulavayhdan, shuningdek muʼtaziliy olimlar Abu al-Husayn al-Basriy va ar-Rummoniyning huzurida tahsil olgan. Shogirdlari orasida keyinchalik oʻzlari ham yirik olimlarga aylangan Sharif al-Murtazo va Shayx Tusilar bor edi. Uning 200 ta asaridan atigi 10 tasi saqlanib qolgan boʻlib, ular orasida Amoli, al-Irshod, al-Muqniʼa va Tashhih al-itiqodat bor.
Manbalar
Turkum:948-yilda tugʻilganlar Turkum:1022-yilda vafot etganlar Turkum:XI asr arablari Turkum:Iroq shia musulmonlari Turkum:Bagʻdod olimlari