Ahmad al-Badaviy masjidi () – soʻfiylik masjidi va ziyoratgoh majmuasi, Misrning Gʻarbiya muhofazasi Tanta shahrida joylashgan. Masjidga ushbu binoda dafn etilgan, Badaviyya tariqati asoschisi Ahmad al-Badaviyning nomi berilgan. Bu masjid Tanta shahridagi eng yirik va eng koʻp ziyorat qilinadigan masjid hisoblanadi.

Tarixi

Ahmad al-Badaviy XIII asrda vafot etganidan soʻng, uning sodiq shogirdi Abdulmu’tal uning oʻrnini egallab, Badaviyning qabri yoniga bir xonaqoh qurdirgan. Bu xonaqoh keyinchalik buzib tashlangan va Mamluk sultoni an-Nosir Muhammad tomonidan masjid hududiga qo‘shilgan. Masjid keyinchalik sulton Qaytbay tomonidan kengaytirilgan. Yillar o‘tib, Usmoniylar imperiyasining Mamluk hokimi Alibey al-Kabirning topshirig‘iga ko‘ra, Ahmad al-Badaviy qabrini o‘rab turuvchi metall zarih qurilgan. 1960-yillarda masjidga yangi juft minoralar va 1 ta ayvon qoʻshib qurilgan. 1975-yilda Anvar Sadat prezidentligi davrida masjid yana kengaytirilgan.

Me’morchiligi Masjid mamluk uslubida qurilgan bo‘lib, unda tashqi va ichki bezaklarda muqarnaslardan foydalanilgan. Mehrob esa noyob mozaika materiallardan yasalgan. Masjid ichida al-Badaviyga tegishli ayrim buyumlar, jumladan, uzunligi boʻlgan, mingta donachadan iborat tasbeh saqlanadi. Shuningdek, uning salla, kiyimlari va yogʻoch tayogʻi ham masjidning maxsus kolleksiyasidan oʻrin olgan.

Yana qarang Misrdagi masjidlar roʻyxati Misrda islom

Manbalar

Havolalar

Turkum:13-asr Afrikadagi masjidlari Turkum:G‘arbiya muhofazasi Turkum:Misrdagi mamluk masjidlari Turkum:Misrdagi minorali masjidlar Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar