Habibulla Mirzojon ash-Sheroziy al-Bogʻnaviy (XVI asr, Sheroz – 1585-yil, Samarqand) – XVI asrning ikkinchi yarmida yashagan taniqli olim va faylasuf, Qorabogʻiy Yusufning ustozi.

Tarjimai holi Mirzojon Sheroziy Sherozda tugʻilgan. Ona shahrida dars bergan va Eronning turli mintaqalaridan unga koʻplab shogirdlari kelgan. Keyinchalik ularning koʻpchiligi taʼlim va adabiy sohalarda shuhrat qozongan, falsafa va avvalgi mualliflarning falsafiy asarlarini talqin qilishni oʻz mavzusi sifatida tanlagan.

Koʻplab eronlik olimlar va madaniyat arboblari singari, u ham shialik tarafdorlari tomonidan taʼqib qilingan. Oʻqish uchun sharoit izlab, Mirzojon shogirdi bilan birga koʻp sayohatlardan soʻng Markaziy Osiyoga koʻchib oʻtgan. Uning yirik olim sifatida rivojlanishi shu yerda, Markaziy Osiyoning boy ilmiy va qisman falsafiy anʼanalarida sodir boʻlgan. Erondan kelgan qochqin olimlar orasida alohida oʻrin egallagan Mirzojon Sheroziy bu yerda „yangi mulla“ („mulloyi nav“) nomi bilan mashhur boʻlgan.

Olim 1585-yilda, oʻzbek xoni Abdullaxon II hukmronligi davrida Samarqandda vafot etdi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Oʻzbek xonliklarining madaniyat va sanʼat namoyandalari Turkum:1585-yilda vafot etganlar