Boqijon Matkarimov (1940-yil, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2021-yil, Oʻzbekiston) – tibbiyot fanlari doktori, professor. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh epidemiologi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Biografiyasi Boqijon Matkarimov 1940-yil Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida tavallud topgan. 1966-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetini tamomlagan. Faoliyati 1966-yildan boshlab To‘raqo‘rg‘on tumani Sanitariya-epidemiologiya nazoratida sanitariya vrachi, epidemiolog, bo‘lim mudiri va Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh vrachi lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik, 1970-yilda esa Toshkent davlat tibbiyot instituti kafedrasida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.
Ilmiy faoliyati Boqijon Matkarimov 1977-yilda Moskvaning Epidemiologiya markaziy ilmiy tadqiqot istitutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1993-yil esa tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini himoya qilgan. 2000-yildan boshlab professor sifatida faoliyat olib borgan.
Kitoblari
Oʻquv qoʻllanmalari
Mukofotlari „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni „Tibbiyot a’lochisi” ko‘krak nishoni
Manbalar
Adabiyotlar
Gazetalar
Jurnallar
Havolalar Google Scholar Boqijon Matkarimov Scribd Boqijon Matkarimov
Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari Turkum:2021-yilda vafot etganlar