Anxel Fabian Di Maria Ernandez (; 14-fevral 1988, Rosario) – argentinalik futbolchi, qanot yarimhimoyachisi. Rosario Sentral jamoasi tarbiyalanuvchisi. Rosario Central jamoasi oʻyinchisi.

Hayoti Anxel Di Maria futbolga kirib kelishiga vrachning maslahati sabab boʻlgan. U juda harakatchan bola boʻlgan va sira tinchimaydigan kuchini qayergadur ishlatish uchun sportga muhtoj edi22. DI MARÍA. U oʻzining faoliyatini 7 yoshida oʻzining tugʻilib oʻsgan shahridagi „Atletiko El Torito“ jamoasida boshladi va 13 yoshida „Rosario Sentral“ga oʻtdi. Aynan shu jamoada u birinchi boʻlib oʻzini koʻrsata oldi. Di Maria 17 yoshida oʻz jamoasining asosiy tarkibida „Independiente“ jamoasi bilan kechgan Aperturaning soʻnggi tur oʻyinida debyutini nishonladi. Ikki yil oʻtib, unga nisbatan yevropa jamoalari qiziqishni boshladi. Ular orasida Rossiyaning „Rubin“ jamoasi ham bor edi va Di Maria bu jamoa bilan deyarli kelishuvga erishgan edi, ammo soʻnggi damda fikrini oʻzgartirdi.

2007-yilda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan soʻng (musobaqada davomida 3 ta gol urgan), Di Mariani Portugaliyaning grand jamoasi „Benfika“ 6 mln. yevro evaziga sotib oldi. „Benfika“ prezidenti Luish Felipe Vieyra oʻz nutqida Simau Sabrozega yaqin 5 yil ichidagi eng yaxshi oʻrinbosarni sotib olinganini taʼkidladi.

2008-yili Di Maria Olimpiada chempioni boʻldi. U Niderlandlar bilan oʻtkazilgan chorak final oʻyinning 105-daqiqasida Lionel Messi tomonidan uzatilgan toʻpni darvoza kiritib, Argentinaga gʻalabani taʼminlay oldi. Ammo Di Marianing hayotidagi asosiy lahzalardan biri Nigeriya bilan oʻtkazilgan final oʻyinining 58-daqiqasida roʻy berdi. Ushbu oʻyinda u yagona gol muallifi boʻldi va Argentina oʻz tarixida ikkinchi marta futbol boʻyicha Olimpiada musobaqasida chempionlik nomiga sazovor boʻldi..

„Benfika“da futbolchilik faoliyati omadli keldi: uni muxlislar oz vaqt ichida yaxshi koʻrib qolishdi. Ikki yillik chempion nomiga ega boʻlolmayotgan jamoa (bu vaqt mobaynida faqatgina liga kubogini qoʻlga kiritgan) milliy chempionatda yana oʻzini koʻrsata oldi. Jamoa nafaqat Liga kubogi gʻolibi nomini saqlay oldi, balki Portugaliyada eng yaxshi jamoa ham boʻla oldi. Anxelning oʻyini esa yevropaning koʻpgina grand jamoalarining eʼtiborini qaratdi va JARda oʻtkazilgan 2010-yilgi Jahon chempionatidan soʻng, uni Ispaniyaning Real Madrid jamoasi oʻz safiga qoʻshib olishga erishdi. 2009-yilning dekabrida Manchester Yunayted Di Maria uchun 10 mln. yevro berishini maʼlum qildi, lekin Benfika rad javobini berdi„Benfika“ ne prodala di Mariyu „MYu“.

thumb|left|200px|Di Maria „Real Madrid“ tarkibida.

„Qirollik klubi“ transferni rasman 2010-yilning 28-iyunida rasmiylashtirdi. Kelishuv 6 yilga moʻljallandi. Transfer summasi 25 mln. yevroni tashkil etdi,Di Mariya podpisal shestiletniy kontrakt s „Realom“ qoʻshimcha yana 5 mln. jamoaning tarkib roʻyxatiga kiritilgandan soʻng berildiA Bola: za transfer di Marii „Real“ zaplatit „Benfike“ € 30 mln. Di Maria jamoaga qoʻshilgandan soʻng, press-konferensiyada: " Men „Real“ oʻyinchisi boʻlganimdan bagʻoyat xursandman. Azaldan kuchli Yevropa chempionatida toʻp surishni orzu qilar edim. Bu voqea menga Argentina terma jamoasi oʻyinlarida yana ham kuch beradi va nasib boʻlsa, Madridga Jahon chempioni boʻlib boraman..

29-avgustda u jamoa tarkibida Ispaniya chempionatining birinchi turida „Malorka“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinida debyut qildi. 18-sentabrda Di Maria „Real“dagi birinchi golini kiritdi va „Real Sosedad“ ustidan qozonilgan gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi. Oʻn kun oʻtib, u Chempionlar ligasidagi birinchi golini „Oser“ jamoasi darvozasiga kiritib, jamoaga gʻalaba keltirdi. 2011-yilning 20-aprelida Ispaniya kubogining finalida Barselonaga qarshi kechgan oʻyinning 120-daqiqasida u ikkinchi sariqni olib, oʻyindan chetlatildi. Oʻsha oʻyinda „Real“ 1:0 hisobida aynan Di Maria chiroyli toʻp uzatishi natijasida Krishtianu Ronaldu urgan goli evaziga gʻalaba qozonib, 18 yil davomida erisha olmay kelayotgan Ispaniya kubogi sohibi nomiga sazovor boʻldi. 2011-yilning 1-mayida oʻzining „Real“dagi 50-nchi oʻyinini oʻtkazdiDi Mariya provyol 50-y match v sostave „Reala“. Mavsum tugaganidan soʻng, futbolchi oʻz kontraktining shartlari yaxshilanishini xohlashini aytdiSerxio Ramos: pust di Mariya dumaet ne o dengax, a o futbole.

2011-yil 7-noyabrida belidan jarohat oldi va bir oyga safdan chiqdiDi Mariya propustit primerno chetire nedeliMourinyu: di Mariya v techenie nekotorogo vremeni ne smojet pomoch „Realu“.

dekabrda Anxel „Real“ rahbarlariga oʻz ish haqini yiliga 1,8 mln.dan 3,5 mln. yevroga koʻtarishni soʻrab, murojaat qildi.Di Mariya xochet povisheniya zarabotnoy plati v „Reale“. 2012-yil 12-avgustda shartnomasi 2018-yilgacha uzaytirildi.

Terma jamoadagi faoliyati 2007 yilda Di Maria 20 yoshgacha Argentina terma jamoasi safiga chaqirildi. U termaga Paragvayda oʻtkazilgan Janubi Amerika yoshlar chempionati musobaqasiga chaqirildi. U musobaqada 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va keyin Kanadada oʻtkazilgan 20 yoshgacha Jahon chempionati turniriga ham chaqirildi. Bu turnirda u 3 ta gol urdi, Argentina esa musobaqada gʻolib boʻldi.

2008-yil 28-yanvarda Di Maria va 20 yoshgacha terma jamoa safidagi baʼzi jamoadoshlari bilan Pekinda oʻtkazilgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari musobaqasiga chaqirildi. Niderlandlarga qarshi oʻtkazilgan chorak final uchrashuvida u gʻalaba toʻpini kiritdi va Argentina 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Finalda esa Nigeriyaga qarshi kechgan uchrashuvda Di Marianing goli evaziga Argentina 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqa chempioni nomiga sazovor boʻldi. Di Maria 2010-yilgi Jahon chempionatida Argentina sharafini himoya qiluvchi 23 oʻyinchidan biri boʻldi. 2010-yil 11-avgustda u Dublinda oʻtkazilgan Irlandiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda u birinchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi. Oʻsha uchrashuvda Argentina 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.Irlandiya – Argentina – 0:1

Erishgan natijalari "Benfika" Portugaliya ligasi kubogi sohibi: 2009, 2010 Portugaliya chempioni: 2009/10

"Real Madrid" Ispaniya chempioni: 2011/12 Ispaniya kubogi: 2010/11 Ispaniya superkubogi sohibi: 2012

Argentina terma jamoasi Olimpiada chempioni: 2008 Yoshlar oʻrtasida Jahon chempioni: 2007

Statistika

Jamoalarda 2012-yil 13-may holatiga

JamoaMavsumChempionatKubokLiga kubogiYevrokubokJamiOʻGTUOʻGTUOʻGTUOʻGTUOʻGTURosario Sentral2005/06100000—4005002006/071610000—00016102007/081850000—0001850 Jami3560000—4003960Benfika2007/082603500300101144142008/09242200051151034432009/10265121004111446451019 Jami76717600122229671231526Real Madrid2010/1135611806—1033539202011-1223515200—41020513 Vsego4910241006—1754851634 Jami faoliyatida1692441160612225011112473760

Milliy terma jamoada

Milliy t.j. Klub Mavsum Oʻ. G.ArgentinaBenfika 2008/09 3 0 2009/10 10 1Real Madrid 2010/11 10 3 2011/12 6 2 Jami 29 6

Yana qarang

Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Ángel Di María at the S. L. Benfica website

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Rosario Central futbolchilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Paris Saint-Germain FC futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentinalik olimpiyada futbolchilari Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2011 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Argentinalik olimpiyada oltin medalini olganlar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar