Gʻulom Tojiaʼloyev (ayrim manbalarda Aʼloyev; 1921-yil 28-sentyabr, Toshkent, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 2012-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek aktyori, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist. „Tohir va Zuhra“ filmidagi Tohir roli bilan tanilgan.

Tarjimayi holi Gʻulom Tojiaʼloyev 1921-yil 28-sentyabr Toshkentning Oʻqchi mahallasida oʻzbek sirkining asoschilaridan biri boʻlgan kurashchi Tojipolvon Aʼloyev oilasida tugʻilgan. Otasi asossiz ravishda qatagʻon qilinib, Orenburgga surgun qilinganidan keyin oiladagi 6 farzanddan faqatgina Gʻulom Tojiaʼloyev tirik qolgan. Sababi uka-singillari ochlik va muhtojlikdan vafot etishgan.

Ijodiy faoliyati Gʻulom Tojiaʼloyevning ilk roli „Tohir va Zuhra“ filmidagi Tohir roli boʻlgan. Kinodagi faoliyatini yakunlashga esa koʻzidan olgan jarohati sabab boʻlgan. Shundan keyin Botir Zokirovning guruhida faoliyat olib borgan, uning vafotidan soʻng esa filarmoniyada konferansye boʻlib ishlagan. Keksalik chogʻida Rustam Saʼdiyevning „Kelgindi kuyov“ filmiga suratga tushish taklifi kelib tushgan, ammo sogʻligʻi tufayli suratga tushmagan.

Filmografiyasi

– Tohir va Zuhra – Tohir (bosh rol) – Fargʻona qizi – muhandis Sobirjon – Stadionda uchrashamiz – futbolchi

Mukofotlari Gʻulom Tojiaʼloyev 1973-yil 2-fevralda „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni, 1992-yilda „Ona zamin yulduzi“ mukofoti, „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Adabiyotlar