Imtiyoz medali () – Usmoniylar imperiyasining harbiy mukofoti, 1882-yilda taʼsis etilgan. Medal ikki toifada ya'ni oltin va kumush shakllarda topshirilgan. Oltin medali jasorat uchun beriladigan eng oliy Usmoniylar harbiy mukofoti hisoblangan. Birinchi jahon urushi davrida berilgan medal bilan bir xil turdagi metalldan tayyorlangan toʻsincha bilan taqilgan. Toʻsinchaga ikki kesishgan qilich tasviri va 1333 (1915) sana yozilgan.

Manbalar

Adabiyotlar ERMAN, M. Demir, (2023). *Osmanlı-Türk Madalya ve Nişanları 1801–1923 / The Ottoman-Turkish Medals and Orders.*

Turkum:Usmoniylar imperiyasining harbiy orden va medallari Turkum:1882-yilda ta’sis etilgan mukofotlar Turkum:Usmonlilar imperiyasi haqidagi chala maqolalar