thumb|right|200px|1551-yilda Cenad qal’asining Usmoniylar tomonidan ilk marotaba bosib olinishi

Çanad sanjagi (turkcha: ) – bu Usmoniylar imperiyasi tarkibidagi sanjak (tuman) boʻlib, hozirgi shimoliy-gʻarbiy Banat hududi (yaʼni Serbiyaning shimoliy, Vengriyaning janubiy va Ruminiyaning shimoliy-gʻarbiy qismi)da joylashgan edi. Markazi bugungi Ruminiyada joylashgan Çenad () shahri boʻlgan. XVI asrning oʻrtalaridan XVIII asr boshlarigacha mavjud edi.

Tarixi thumb|right|200px|1700-yilda Usmoniylar chegara istehkomi sifatida xizmat qilgan Çenad qal’asi

1521-yilda sodir boʻlgan Belgrad qamali natijasida Belgrad qoʻlga kiritilgach, Usmoniylar Vengriya qirolligining Dunay daryosidan naridagi turli hududlariga yurishlarni kuchaytirdilar va oʻz harbiy tayanchlarini oʻrnatdilar. Bu paytda Csanád grafligi hali Vengriya hukmronligi ostida edi. Mohács jangidan soʻng, Usmoniylarga tobe boʻlgan Sharqiy Vengriya qirolligi tashkil etildi, qirollik Csanád grafligini ham oʻz ichiga oldi. 1536-yilda esa sharqda Usmoniylarga qarshi harbiy chegara sifatida Lugoj va Karanshebes banligi tashkil qilindi. Shu davrda mahalliy zodagon Petar Petrović (1557-yilda vafot etgan) mintaqaning yarim mustaqil hokimi sifatida paydo boʻlib, Vengriya va Usmoniylar oʻrtasida muvozanat saqlagan.

Temesvar qamali paytida, yaʼni Usmoniylarning 1551–1552-yillardagi yurishlari chogʻida butun Csanád grafligi hududi bosib olinib, yangi tashkil etilgan Temeşvar viloyati tarkibiga qoʻshildi. Shu tariqa u Çanad sanjagi sifatida qayta tashkil qilindi va Mureş daryosining ikkala qirgʻogʻidagi yerlarni oʻz ichiga oldi. 1594–1595-yillarda bu hududlarda mahalliy nasroniylar, asosan, serblar va ruminlar tomonidan uyushtirilgan keng koʻlamli anti-usmoniy Banat qoʻzgʻoloni sodir etildi.

Gabsburg–Usmoniylar urushi (1683–1699) davrida mintaqaning katta qismi vaqtincha ozod qilindi, biroq Karlowitz sulhi (1699) shartlariga koʻra, Mureş daryosidan janubdagi barcha yerlar yana Usmoniylarga qaytarildi, shimoldagi hududlar esa yangi tashkil etilgan Habsburg harbiy chegarasi tarkibiga kiritildi.

1707-yilda Çanad sanjagi tugatilib, Temeşvar sanjagining kichik tumaniga aylantirildi. 1716-yilda Avstriya–Turk urushi paytida bu yerlar Gabsburg monarxiyasi tomonidan bosib olindi. 1718-yilda Gabsburglar bu hududda yangi viloyat Temesvar Banatini tashkil etdilar, u sobiq Çanad sanjagining katta qismini oʻz ichiga olgan edi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Usmoniylar imperiyasining Yevropadagi sanjaklari Turkum:16-asrda tashkil etilgan davlatlar va hududlar Turkum:1716-yilda Yevropada tugatilgan tuzilmalar Turkum:Banat tarixi Turkum:1707-yilda tugatilgan davlatlar va hududlar