Posho Yigit bey yoki Saruhanli posho Yigit bey (, shuningdek, Pasaythus yoki Basaitus; 1413-yilda vafot etgan) – XIV asr oxiri va XV asr boshlarida yashagan usmoniy turk davlat arbobi, harbiy sarkarda.

Hayoti Posho Yigit bey Manisa shahrida tugʻilgan boʻlib, kelib chiqishi Yörük qabilasidan edi. Yigit bey Üsküp sanjagining ikkinchi hukmdori Isʼhoq Bey Hranićning murabbiysi hamda Usmoniylar imperiyasi generali, Fessaliya fathchisi va chegara noibi Turahan BeyningBabinger (1987), p. 876 otasi boʻlgan. Usmoniylar sultoni Posho Yigit bey va Is’hoq beyga qilgan xizmatlari uchun katta yer mulklar hadya qilgan.

U Skopyeda vafot etgan va mashhur Meddah masjidi hovlisida dafn etilgan. Masjid va türbe Ikkinchi jahon urushi davrida vayron qilingan.

Harbiy faoliyati

Posho Yigit bey 1389-yildagi Kosovo jangida Usmoniy qoʻmondonlaridan biri boʻlgan. 1390-yilda Usmoniy turklar Makedoniyaning ayrim hududlarini (hozirgi Shimoliy Yunoniston) Saruhandan koʻchirilgan koʻchmanchi Yörüklar bilan toʻldirgan. Posho Yigit bey ham saruhanlik Yörüklar urugʻidan boʻlgani sababli shu chegara hududiga joylashgan va oʻz qabiladoshlariga boshliq etib tayinlangan. 1392-yilda Posho Yigit bey qoʻshini bilan Skopyeni zabt etgan va shu sababdan sulton Boyazid I tomonidan „Skopye fathchisi“ unvoniga sazovor boʻlgan.

Posho Yigit bey Usmoniylar imperiyasining chegara viloyati Skopsko Krajishtening birinchi hokimi boʻlib, 1392-yildan 1413-yilgacha 21 yil davomida shu lavozimda xizmat qilgan. 1390-yil bahorida Kosovo jangidan soʻng Sulton Boyazid uni Bosniya qirolligiga yurish qilish uchun yuborgan. U ikki marta yurish amalga oshirgan. Posho Yigit bey jangda Đurađ II Balšićni asirga olgan va toʻlov evaziga uni ozod qilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Skopski Isakovici i Paşa-jigit beg, GSND XI. (1932)

Turkum:1413-yilda vafot etganlar Turkum:14-asrda tugʻilganlar Turkum:Skopye tarixi Turkum:Usmoniylar inqiroz davri arboblari Turkum:14-asr Usmoniylar imperiyasi harbiy shaxslari