Mahmud Komil posho (1880 – 1922-yil 28-noyabr) – Usmoniylar armiyasi generali. Halabda tugʻilib, Istanbulda vafot etgan.

Faoliyati Mahmud Komil Halabda nufuzli sunniy arab oilasida tugʻilgan. 1914-yil 22-dekabrda Usmoniylar imperiyasining Ikkinchi armiyasi qoʻmondoni etib tayinlandi. 1915-yil 17-fevralda esa Uchinchi armiya qoʻmondoni etib tayinlanib, keyinchalik Beshinchi armiyaga oʻtkazildi. Shu davrda Mahmud Komil Arman genotsidida ishtirok etgan. U Arzirum shahridagi barcha qolgan armanlarni deportatsiya qilish haqida farmon chiqargan. Shuningdek, u keksalar, bemorlar va homilador ayollarni ham ayamaslik haqida maxsus koʻrsatma berganKeith Neilson, 1983, Coalition Warfare, Published by Wilfrid Laurier University Press, page 49 ; W. E. D. Allen and Paul Muratoff, Caucasian Battlefields, A History of Wars on the Turco-Caucasian Border, 1828–1921, 311. .

Mahmud Komil Uchinchi armiyaga 1916-yil fevralda Arzirum qalʼasining bosib olinishigacha qoʻmondonlik qilgan, shundan soʻng u lavozimidan ozod etilganW. E. D. Allen and Paul Muratoff, Caucasian Battlefields, A History of Wars on the Turco-Caucasian Border, 1828–1921, 375. . Mudros sulhidan keyin ittifoqchilar tomonidan tashkil etilgan Konstantinopolning bosib olinishi davrida posho hibsga olingan va Malta surgunlaridan biriga aylangan. Keyinchalik ozod qilingan. 1922-yil iyun oyida Mahmud Komil kasalligi sababli isteʼfoga chiqqan. Oʻsha yilning oxirida oʻz joniga qasd qilgan.

Manbalar

Turkum:1880-yilda tugʻilganlar Turkum:1922-yilda o‘z joniga qasd qilganlar Turkum:1922-yilda vafot etganlar Turkum:Arman genotsidi ishtirokchilari Turkum:Halabdan chiqqan harbiy xizmatchilar Turkum:Usmoniylar Harbiy Akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Usmoniylar Harbiy Kolleji bitiruvchilari Turkum:Balqon urushlari qatnashchilari Turkum:Usmoniylar armiyasi generallari Turkum:Posholar Turkum:Birinchi jahon urushi qatnashchilari (Usmoniylar imperiyasi) Turkum:Usmoniylar imperiyasidan surgun qilinganlar Turkum:Malta surgunlari Turkum:Turkiyada o‘z joniga qasd qilganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilganlar Turkum:XX asr Usmoniylar armiyasi xizmatchilari