Muhammad Shafiy (1897-yil 24-yanvar – 1976-yil 6-oktyabr; Muftiy Muhammad Shafiy deb ham tanilgan) – pokistonlik sunniy ulamo, hanafiy faqihi va muftiysi, shuningdek, shariat, hadis, Qur’on tafsiri va tasavvuf boʻyicha vakolatli shaxs. Britaniya Hindistonining Deoband shahrida tugʻilgan u 1917-yilda Dorul Ulum Deobandni tamomlagan, keyinchalik u yerda hadis ilmidan dars bergan va bosh muftiy lavozimini egallagan. 1943-yilda isteʼfoga chiqdi. Pokiston mustaqillikka erishgandan soʻng ushbu mamlakatga koʻchib oʻtdi, 1951-yilda Dorul Ulum Karachiga asos soldi. Asarlari ichida eng mashhuri Qur’onning urducha tafsiri boʻlmish Maʼariful Qur’andir. Manbalar
Turkum:Pokistonlik islom dini yetakchilari Turkum:Hanafiylar Turkum:Moturidiylar Turkum:Pokistonlik sunniy ulamolar Turkum:1976-yilda vafot etganlar Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:Muhojirlar Turkum:Mahmud Hasan Deobandiy talabalari