Filippin havaskor atletika federatsiyasi (PAAF) – Filippindagi sport sohasini boshqaruvchi organ boʻlgan, hozirgi Filippin Olimpiya qoʻmitasining dastlabki shakli.
Tarixi Filippin havaskor atletika federatsiyasi (PAAF) 1911-yilda doimiy asosda tashkil etilgan. Ushbu federatsiya Filippin orollarida 1899-yildan boshlab amerikaliklar taʼsiri ostida sport, xususan, yengil atletika sport turi rivojlana boshlagani natijasida ochilgan. PAAF tashkilotchilari sportni nafaqat orollar boʻylab, balki butun Uzoq Sharqda targʻib qilishni maqsad qilganlar. Shu maqsadda 1912-yilda federatsiya Frank L. Crone, Elwood Stanley Brown va William Tutherlydan iborat maxsus qoʻmita tuzgan.
PAAF Uzoq Sharq sport assotsiatsiyasi (FEAA)ni tuzishda muhim rol oʻynagan hamda 1913-yilda Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarining dastlabki musobaqalarini tashkil etgan. Keyingi oʻyinlar 1934-yilgacha Filippin, Xitoy va Yaponiya tomonidan navbatma-navbat oʻtkazib borilgan.
Filippinlik ilk olimpiadachi David Nepomuceno boʻlib, u 1924-yil Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida yengil atletika boʻyicha 100 va 200 metrga yugurish musobaqalarida ishtirok etgan. Biroq Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) PAAFni Filippin milliy olimpiya qoʻmitasini 1929-yilda tan olgan. Suzuvchi Teofilo Yldefonso 1928-yil Amsterdamda oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 200 metrga brass uslubida suzish boʻyicha Filippin uchun ilk bronza medalini qoʻlga kiritgan, oradan 1 yil oʻtib XOQ Filippin milliy olimpiya qo'mitasini tan olgan edi.
1961-yil 17-iyunda PAAF nizomini qayta koʻrib chiquvchi 3135-sonli Respublika qonuni qabul qilinishi bilan PAAF ommaviy korporatsiya maqomini olgan.
1975-yilda esa Yoshlar va sportni rivojlantirish departamenti tashkil etilgach, PAAF bekor qilingan va Filippin Olimpiya qoʻmitasi (POC) deya qayta nomlangan.
Rahbariyat thumb|211x211px|Filippin Havaskor Atletika Federatsiyasining birinchi prezidenti William Cameron Forbes. PAAFning asoschi prezidenti Filippin general-gubernatori William Cameron Forbes boʻlgan. Sport tashkilotining birinchi saylangan filippinlik prezidenti esa senator Manuel L. Quezon boʻlib, u Forbesdan keyin 1916-yildan 1935-yilgacha prezident sifatida faoliyat yuritgan. PAAFning soʻnggi prezidenti Ambrosio Padilla edi. U 1975-yilgacha yaʼni PAAF Filippin Olimpiya qoʻmitasi (POC) deb qayta nomlanguniga qadar tashkilotga rahbarlik qilgan. Padilla 1975-yildan 1976-yilgacha POCning birinchi prezidenti sifatida xizmat qilgan. Prezidentlar roʻyxatiPrezidentMuddatiQachondanQachongacha123456
Manbalar
Turkum:Filippin Olimpiada oʻyinlarida Turkum:1911-yilda tashkil etilgan tashkilotlar