Antonio Chimenti (1970-yil 30-iyunda tugʻilgan) – italiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Hozirda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Klub faoliyati S. S. Sambenedettese Calcio Chimenti oʻz faoliyatini S. S. Sambenedettese Calcio yoshlar akademiyasida boshlagan. 1988-yilda u asosiy jamoaga koʻtarildi. Sambenedettese bilan C1 seriyasida, keyin esa C2 seriyasida yana ikki mavsum oʻtkazgandan soʻng, u C2 seriyasidagi Tempio klubiga ijaraga berilgan. Tempio klubning asosiy darvozaboni sifatida 35 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1992-93-yilgi mavsumda Chimenti B Seriyada oʻynaydigan AC Monza Brianzaga ijaraga berilgan. Bu klub bilan atigi 4 ta oʻyinda ishtirok etgach, u 1993-94-yilgi mavsumda Sambenedettesega qaytgan, ammo shu paytning oʻzida Salernitana Calcio jamoasiga transfer qilingan. Sambenedettese klubida Chimenti, asosiy jamoada faqat beshta oʻyinda maydonga tushgan.
Oʻyin uslubi Zucchina (Qovoqcha) laqabli Chimenti oʻzining jismoniy kuchi, oʻziga ishonchi, uzoq faoliyati, ruhiy barqarorligi, diqqatini jamlash qobiliyati va darvozabon sifatidagi barqarorligi bilan tanilgan edi. Shuningdek, u oyoqlarida toʻp bilan mohirona oʻynash qobiliyati bilan ajralib turgan. Yoshligida hujumchi boʻlib oʻynagani (amakasi Vito singari) unga uzatmalarni nazorat qilish, bosim ostida toʻpni egallab turish va hatto raqiblardan toʻpni tortib olish imkonini bergan. Yoshlik chogʻida uning namunalari „Yuventus“ning sobiq darvozabonlari Dino Zoff va Stefano Tacconi boʻlib, ular uni oʻz oʻrnini oʻzgartirishga ilhomlantirgan edi. Faoliyatida oʻsish kech kuzatilgan Chimenti, 30 yoshlarning boshida oʻzining choʻqqisiga erishgan. „Lechche“ jamoasidagi darvozabonlar murabbiyi Franko Paleari qoʻl ostida u sezilarli taraqqiyotga erishgan. Paleari unga chaqqonlik, darvozabonlik texnikasi va portlovchi kuchini rivojlantirishga yordam bergan. Bu esa uning zarbalarni qaytarish, yerga tez tushish va penaltilarni toʻxtatish qobiliyatlarini yaxshiladi. 2000-yilda Paleari Chimentini uning shaxsiyati va oʻsishga boʻlgan intilishi uchun maqtagan edi. Ammo Chimenti oʻz darvoza chizigʻidan chiqib, havoda uchayotgan toʻplarni ushlab olishda uncha samarali emas edi.
Murabbiylik faoliyati 2022-yil oktyabr oyida Daniele De Rossi SPAL klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangach, u Serie B dagi ushbu jamoaga darvozabonlar murabbiyi sifatida qoʻshilgan.
Shaxsiy hayoti Chimentining otasi Francesco va amakisi Vito ham futbolchi boʻlgan.
Klublardagi faoliyat statistikasi Klublardagi ishtiroki Liga Kubok Xalqaro Boshqa Jami Mavsum Klub Liga Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarItaliya Liga Italiya Kubogi Yevropa Boshqa Jami1990–91SambenedetteseSerie C25000––––501991–92TempioSerie C234000––––3401992–93MonzaSerie B4000––––401993–94SalernitanaSerie C127030––303301994–95Serie B37000––––3701995–9636000––––3601996–9737000––––3701997–98RomaSerie A8010––––901998–992404080––3601999–2000LecceSerie A33040––––3702000–0134020––––3602001–0231000––––3102002–03JuventusSerie A404020001002003–04208020001202004–05202010––502005–0630000010402005–06CagliariSerie A21000––––2102006–0722030––––2502007–08UdineseSerie A3040––––702008–09JuventusSerie A000000––002009–10200010––30 Mamlakat Italiya3700350140404230Jami3700350140404230
Yutuqlari
Juventus Serie A gʻolibi (1): 2002–03; ikkinchi oʻrin (1): 2008–09 Italiya Kubogida ikkinchi oʻrin (1): 2003–04 Italiya Superkubogi (2): 2002, 2003; ikkinchi oʻrin (1): 2005 UEFA Chempionlar Ligasi ikkinchi oʻrin (1): 2002–03
Manbalar
Havolalar
Juventus rasmiy profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie C futbolchilari Turkum:US Sambenedettese futbolchilari Turkum:AC Monza futbolchilari Turkum:US Salernitana 1919 futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:US Lecce futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Cagliari Calcio futbolchilari Turkum:Udinese Calcio futbolchilari Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:Italiyalik muhojir futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar