Fabio Capello (1946-yil 18-iyunda tugʻilgan) – italiyalik sobiq professional futbol murabbiyi va futbolchisi.

Capello futbolchi sifatida SPAL, Roma, AC Milan va Juventus klublarida oʻynagan. U yarim himoyachi sifatida oʻynagan va 15 yildan ortiq davom etgan faoliyati davomida bir nechta sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Capello 1969-yilda „Roma“ bilan Italiya kubogini qoʻlga kiritgan, 1972, 1973 va 1975-yillarda „Juventus“ jamoasi bilan uchta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. „Milan“ klubi bilan 1977-yilda Italiya kubogini qoʻlga kiritggan va 1979-yilda yana bir A Seriyada gʻolib chiqqan. Kapello faoliyati davomida Italiya terma jamoasi safida ham toʻp surgan va 32 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan.

Bosh murabbiy sifatidagi dastlabki besh mavsumida Capello „Milan“ bilan toʻrtta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Milan klubi bilan 1993-94-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida ham gʻolib chiqqan va esda qolarli finalda „Barcelona“ jamoasini 4:0 hisobida magʻlub etgan. 1996-97-yilgi mavsumni „Real Madrid“ jamoasida oʻtkazgan va u yerda birinchi urinishda La Liga chempionligini qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Rimning Roma klubi murabbiyi etib tayinlangan va 2001-yilda jamoani 18 yil ichida birinchi marta chempionlikka olib chiqqan. Capello, shuningdek, „Juventus“ jamoasi murabbiyi sifatida ikkita chempionlikni qoʻlga kiritgan (keyinchalik Calciopoli mojarosidan soʻng ulardan mahrum boʻlgan) va 2006-yilda yana bir bor „Real Madrid“ jamoasiga qaytib, u yerda ikkinchi bor La Liga chempionligini qoʻlga kiritgan. Umuman olganda, u murabbiylik faoliyatidagi 16 mavsumning yettitasida (yoki „Yuventus“ bilan bekor qilingan ikkita chempionlikni hisobga olsak, toʻqqiztasida) yirik chempionlikni qoʻlga kiritgan. U barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biri hisoblanadiThe top 50 managers of all time The Times.

Capello 2007-yil dekabr oyida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Murabbiylik davrida u turnir saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jamoani 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatiga olib borgan. Jahon chempionatida Angliya 1/8-final bosqichida magʻlub boʻlishgan. 2012-yil fevral oyida Angliya futbol assotsiatsiyasi bilan kelishmovchilik tufayli murabbiylikdan isteʼfoga chiqqan.2012-yil Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2015-yil 14-iyulda u Rossiya futbol ittifoqi tomonidan ishdan boʻshatilgan va uning oʻrniga Leonid Slutskiy tayinlangan. 2017-yilda u Xitoyning Jiangsu Suning klubiga murabbiy etib tayinlangan, ammo keyingi yili ishdan boʻshatilgan, shundan soʻng murabbiylik faoliyatini yakunlagan.

Manbalar

Havolalar

BBC saytidagi profili

Angliya rasmiy veb-sayti profili Rasmiy FIGC profili Juventus statistikasi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:SPAL futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:1974-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:AC Milan murabbiylari Turkum:Real Madrid CF murabbiylari Turkum:AS Roma murabbiylari Turkum:Juventus FC murabbiylari Turkum:Jiangsu F.C. murabbiylari Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Rossiya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 murabbiylari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 murabbiylari