Savaş Ay (1954-yil 26-mart – 2013-yil 9-noyabr) – turk gazetasi va televideniyesi jurnalisti, rejissyor, ssenariynavis, prodyuser, fotosuratchi va aktyor boʻlib, „A jamoasi“ (A Takımı) munozarali telekoʻrsatuvi bilan tanilgan.
Savaş Ay 1954-yil 26-martda Gaziantepada aktyor Turon Ay va aktrisa Shukran oilasida tugʻilgan. Marmara savdo akademiyasini tamomlagach, u 1974-yilda „Dunyo“ biznes va iqtisodiyot gazetasida jurnalistlik faoliyatini boshladi. Keyinchalik u „Tercüman“, „Vatan“, „Milliyet“, „Sabah“ gazetalari va Axajans axborot agentligida ishladi. Savaş Ayning 1993-yilda namoyish etila boshlagan „A jamoasi“ juda mashhur munozarali telekoʻrsatuvlari ATV, TGRT, Kanal D, Kanal 6, Show TV, Flash TV, Star TV va Kanal 1 kabi kanallarda efirga uzatilgan.
Savaş Ay soʻnggi ikki jurnalistdan biri sifatida 17 yoshli Erdal Erendan qamoqxonada intervyu va uning soʻnggi fotosuratini oldi. Eren 1980-yilgi Turkiya harbiy toʻntarishidan keyin qotillikda ayblanib qamoqqa olingan, qamoqxonada qiynoqqa solingan va voyaga etmagan boʻlishiga qaramay dorga osilgan.
1996-yilda suratga olingan „İstanbul Kanatlarımın Altında“ („Qanotlarim ostidagi Istanbul“) filmida u yordamchi rolda oʻynagan. 2001-yilda u „Dansöz“ („Raqqosa“) filmini suratga oldi, uning ssenariysini yozgan va oʻzi ham rol oʻynagan, ammo film muvaffaqiyat qozonmadi. 2007-yilda suratga olingan „Maskeli Beşler: Irak“ („Niqobli beshlik: Iroq“) komediya filmida u „A jamoasi“ telestudiyasida oʻzini oʻzi tasvirlagan.
Savaş Ay yillar davomida tomoq saratoni bilan ogʻrigan. Ovozining buzilishi tufayli u soʻnggi yillarda oʻz telekoʻrsatuvlarini davom ettira olmadi. U 2013-yil 24-sentyabrdan beri davolangan Samatya shahridagi kasalxonada 2013-yil 9-noyabrda vafot etdi. Uning qoʻshiqchi Ulash Jon Ay ismli oʻgʻli va Sanem Dolun Ay ismli qizi bor.
Manbalar