Britaniya Kameruni () — Gʻarbiy Afrikadagi Britaniya mandati, hozir Nigeriya va Kamerun oʻrtasida boʻlingan.

Tarixi Zamonaviy Kamerun hududi “Afrika uchun kurash” davrida Germaniya protektorati deb e’lon qilingan. Birinchi jahon urushi chog‘ida ingliz, fransuz va belgiya qo‘shinlari tomonidan bosib olindi va 1922-yilda Millatlar ligasi qaroriga muvofiq Buyuk Britaniya hamda Fransiya mandati ostiga o‘tkazildi. Britaniya qismi Nigeriya va Kamerun chegaralari tutashgan joy bilan ajratilgan, bir-biriga tutashmagan ikki hududdan iborat edi.

Fransuz Kameruni 1960-yil yanvar oyida mustaqillikka erishdi va Nigeriya oʻsha yili biroz keyinroq mustaqillikka erishdi. Britaniya hududi taqdiri masalasi ko‘tarildi va bir necha muhokamalar hamda 1961-yil fevralida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng qaror qabul qilindi. Asosan musulmonlardan iborat shimoliy qismi Nigeriyaga, janubiy qismi esa Kamerunga qo‘shib berildiNohlen, D, Krennerich, M & Thibaut, B (1999) Elections in Africa: A data handbook, p. 177 ISBN 0-19-829645-2. Manbalar

Adabiyotlar Engelbert Mveng: Histoire du Cameroun. Présence africaine, Paris 1963 Victor Julius Ngoh: Cameroun 1884—1985. Cent ans d’histoire. CEPER, Yaoundé 1990 Mark D. DeLancey, Rebecca Neh Mbuh (Hrsg.): Historical Dictionary of Cameroon (= African Historical Dictionaries. Band 113). 4. Auflage. Scarecrow Press, Lanham 2010, ISBN 978-0-8108-5824-4 Havolalar Kamerunning unitar davlatga aylanish yo‘li (1959–1972) Milliy xizmat xotiralari: Britaniya Kamerunida fransuz Kameruni yoki Nigeriya bilan qo‘shilish bo‘yicha ovoz berish davrida xizmat qilgan milliy xizmatchi esdaliklari

Turkum:Britaniya imperiyasi