Amir Abulabbos Fadl Forsdagi Shabankara qabilasining kurd yetakchisi. Asosan Fadluya (Fadlavayh shaklida ham yoziladi) nomi bilan tanilgan. Fadluya Shabankara qabilasining Ramani urugʻidan boʻlgan Ali ibn Hasan ibn Ayyubning oʻgʻli boʻlgan. Ushbu urugʻ Suriyadan Forsga koʻchib kelgan kurdlar boʻlibSpuler, B. (1987). „ATĀBAKĀN-E LORESTĀN“. Encyclopedia Iranica. II., Ali Forsdagi Shabankara sulolasi asoschisi () edi. Mazkur sulola 1030-yildan 1355-yilgacha uzilishlar bilan hukmronlik qilgan. Shabankaralar togʻli Kuhgiluya mintaqasini egallab, mutlaq mustaqillikni saqlab qolishga muvaffaq boʻldilar. Yoshlik davri Ali oʻgʻli Fadluyani yoshligida buvayhiylarning oʻsha paytdagi hukmdori Abu Kalijarning vaziri Sohib-e Adel huzuriga yuborgan. Ali oʻgʻli saroydan lavozim berishlarini soʻragan. Sohib-e Adel davrida Fadluyaning lavozimi koʻtarilib, oxir-oqibat sipohsolor lavozimiga erishgan. Biroq, Abu Kalijar Shabankara hududlarini egallab olish qarori Fadluyani oʻzidan uzoqlashtirdi. Fors hukmdori thumb|right|300px|10—11-asrlar Fors va atrof hududlar xaritasi 1053-yilda Saljuqiy shahzoda Qavurt Forsga bostirib kirgach, Fadluya Qavurtning akasi Alp Arslonga murojaat qildi. Saljuqiylarga Fors hukmdori boʻlib qolishiga ruxsat berish evaziga har yili 27 million dirham miqdorida oʻlpon toʻlashni taklif qildi. Alp Arslon taklifni qabul qilgach, 1055-yilda Fadluya Forsda hukmronlikni qoʻlga kiritgan. Asosiy poytaxti Fasaning shimoli-sharqidagi Goshnobod yoki Joshnobod shahri edi. Baʼzan Darabgerd va Sherozda ham yashagan.

Oradan biroz oʻtib, Alp Arslon hukmronligi davomida Fadluya unga qarshi isyon koʻtargan. Yillik oʻlpon joʻnatishni toʻxtatib, oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon qilgan hamda Jahrom yaqinidagi Xvorsha qalʼasida mudofaa pozitsiyalarini egallab, tayyorgarlik koʻra boshlagan. Biroq, isyon muvafaqqiyatsiz yakunlangan. Alp Arslonning vaziri Nizomulmulk yetib kelib, 16 kunda qalʼani egallashga muvaffaq boʻlgan. Fadluya taslim boʻlib, tovon toʻlashni taklif qilgan. U kechirilgan hamda Forsdagi hukmronligini davom ettirishiga ruxsat berilgan.

Fadluya 1072-yilda yana isyon koʻtarganda, bostirish uchun yana Nizomulmulk joʻnatilgan. Nizomulmulkning mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga urinishi muvafaqqiyatsiz yakunlanib, Fadluya yana qalʼaga qamalib oldi. Nizomulmulk qamal boshladi. Bu qamal nisbatan qisqa muddat davom etib, qalʼada suv tanqisligi sabab himoyachilar taslim boʻldilar. Fadluya qochmoqchi boʻlganda, qoʻlga olinib, Alp Arslon huzuriga keltirildi. Alp Arslon Fadluyani yana bir bor kechirgan. Biroq, bu safar Istaxr qalʼasiga qamab qoʻyilgan. Vafoti Ibn al-Balxiyning maʼlumotiga koʻra, Fadluya umrining qolgan qismini Istaxr mahbusligida oʻtkazgan. 1078-yilda qalʼadan qochishga uringan, ammo muvafaqqiyatsizlikka uchrab qoʻlga olingan va oʻldirilgan. Terisiga somon tiqilib, omma oldida osib qoʻyilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:1078-yilda vafot etganlar Turkum:11-asr Osiyo monarxlari Turkum:Fors viloyati tarixi Turkum:11-asr kurdlari Turkum:Kurd hukmdorlar