Agata Kaczmarska (1998-yil 29-aprelda tugʻilgan, Iłża, Mazoviya, Polsha) – polshalik ayol bokschi. Boks boʻyicha Polsha milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida oltin medal sohibi.
Faoliyati 2018-yil Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan, ammo chorak finalda magʻlub boʻlgan. Shu yilning noyabr oyida Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etgan. Chorak finalda turkiyalik bokschi Elif Günerini magʻlub eta olmagan va turnirdagi chiqishini yakunlagan.
2025-yilning sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Jahon chempionati finalida hindistonlik bokschi Nupur Sheoran ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Polsha bokschilari