Sitora Shuxrat qizi Shogdarova (Koson, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2021-yilgi boks boʻyicha Osiyo chempionatida kumush medal sohibi. Boks boʻyicha ikki karra Oʻzbekiston chempioni.

Faoliyati 2021-yili may oyida BAAning Dubay shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan, ammo finalda qozogʻistonlik bokschi Dina Jolmanga yutqazib, kumush medalini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili dekabr oyida oʻtkazilgan boks boʻyicha ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan.

2022-yilda Sitora Shogdarova professional boksga oʻtgan. Professional faoliyati davomida 2 ta gʻalabaga erishgan. 2025-yilda qozogʻistonlik professional bokschi Elina Bazarovaga yutqazgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol bokschilar