Salim – toʻliq ismi Abdul-Rahmon Begi Sohib-Qiron (kurdcha: عەبدولڕەحمان بەگی ساحێبقران, Ebdulrehman Begî Sahibqîran) boʻlgan, oʻn toʻqqizinchi asr kurd shoirining taxallusidir. Salim yoki Salem (kurdcha: سالم) taxallusi bilan tanilgan shoir taxminan 1800-yilda Sulaymoniya shahrida (Kurdiston) tavallud topgan va 1866-yilda vafot etgan. U Markaziy kurd shevasida ijod qilgan eng taniqli klassik kurd shoirlaridan biridirPHILIP G. KREYENBROEK, „Kurdish Written Literature“, Encyclopedia Iranica. U yana ikkita taniqli shoir Noliyning amakisi va Kurdiyning amakivachchasi edi. 1866-yilda Sulaymoniyada vafot etgan.
Salim sheʼrlari Salim sheʼrlarining mazmuni asosan sevgi, falsafa, tasavvuf va tarixdan iborat. Uning sheʼrlarining aksariyati gʻazal shaklida boʻlsa-da, uning ijodida baʼzi ruboiylar va qasidalar ham mavjud. Uning sheʼrlari kurd, fors va arab tillarida yozilgan. U fors shoirlari Hofiz va Kalim Hamadoniy hamda kurd shoiri Noliydan taʼsirlangan. Uning sheʼriyati asosan aruz vazniga asoslangan.
Manbalar
Havolalar Charmw.net Amroy Zanko