Anvar ibn Ibrohim (; 1947-yil 10-avgust, Cherok Tok Kun, Pinang) – Malayziya davlat va siyosat arbobi, 2022-yildan beri Malayziyaning 10-bosh vaziri. Biografiyasi Davlat xizmatchisi oilasida tugʻilgan. Otasi Ibrohim Abdulrahmon parlament aʼzosi va Sogʻliqni saqlash vazirligining parlament kotibi boʻlgan. Onasi – Che Yang Husayn OMNO ayollar tashkilotining faoli. Malayya universiteti bitiruvchisi (1972).

Siyosiy faoliyatini talabalik yillaridayoq boshlagan. 1968-yildan 1971-yilgacha Malayziya musulmon talabalari milliy assotsiatsiyasi (), shuningdek, Malayya universiteti malay tili uchun talabalar harakati boʻlmish Malay tili jamiyatining faol aʼzosi (). 1974-1982-yillarda oʻzi tashkil etgan „Malayziya musulmonlarining yosh avlodi“ () Islom partiyasiga qoʻshilgan. 1974—1976-yillarda qashshoqlik va ochlikka qarshi talabalar noroziliklarini uyushtirgani uchun Ichki xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonun asosida qamoqda boʻlganаПогадаев В. Малайский мир (Бруней, Индонезия, Малайзия, Сингапур). Лингвострановедческий словарь. М.: «Восточная книга», 2012, с. 57. 2022-yil noyabr oyida Malayziya Bosh vaziri etib saylandi. Mukofotlari Pokiston prezidentining „Iqbolning yuz yilligi“ bosh medali (1979) Islom va demokratiya tadqiqotlari markazining „Moʻtadil musulmon“ mukofoti (AQSH, 2005) „Time“ jurnali tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilishi (2008-yil – Malayziyadan yagona) Ijtimoiy fanlar boʻyicha musulmon olimlari uyushmasining „Demokratiyani rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ mukofoti (Angliya, 2010)

Oilasi 1979-yildan beri oilali. Rafiqasi – Van Aziza Van Ismoil – Xalq adolat partiyasi prezidenti. Olti nafar farzandi bor. Toʻngʻich qizi Nurul Izza Anvar – Xalq adolati partiyasi vitse-prezidenti. Manbalar