Alexa Leary (2001-yil 18-avgustda tugʻilgan) – avstraliyalik para suzuvchi. 2023-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida oltin va kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi Parij Paralimpiya oʻyinlarida ikkita oltin va kumush medalga ega chiqqan.

Shaxsiy hayoti Alexa Leary 2001-yil 18-avgustda tugʻilgan. Otasining ismi Rass, onasining ismi Belinda Leary. Uning Madison and Ashtyn ismli ikki nafar singlisi, Max va Jack ismli ikkita ukasi bor. Alexa Gold Coast, keyinchalik Yamba va Noosa shahrida voyaga yetgan, u yerda triatlon boʼyicha murabbiylaridan saboq olgan. Alexa Leary Good Shepherd Lutheran kollejida taʼlim olgan.

2021-yil 17-iyulda Leary Queensland shtatidagi Pomona shahrida roʻy bergan jiddiy velosiped halokati oqibatida kuchli miya jarohatini olgan va bu jarohat uning hayotini butunlay oʼzgartirib yuborgan. Triatlon boʼyicha tayyorgarlik vaqtida u velosiped haydab ketayotgan chogʼida oldinda ketayotgan velosipedning gʻildiragiga tegib ketgan va 70 km/soat tezlikda yiqilgan. Sportchi boshi bilan yerga qulagan, bu esa kuchli miya shikastlanishi, qon ivishlari (tromb) va bir nechta suyaklarning sinishiga olib kelgan. Leary kasalxonada 111 kun davomida davolangan. U kasalxonada boʻlgan vaqtidida, „moveforlex“ nomli xayriya tashabbusi boshlangan edi, bu kampaniya orqali $130,000 dan ortiq mablagʻ yigʻilgan. Ushbu mablagʻ Royal Brisbane and Womenʼs Hospital neyroxirurgiya boʻlimida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va bemorlarning oilalariga koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlov xizmatlarini yaxshilash uchun sarflangan.

Triatlon Leary ushbu jiddiy halokatdan oldin Shveysariyaning Losann shahrida oʻtkazilgan Jahon triatlon musobaqasining 18-19 yoshgacha boʻlgan yoshli ayollar grand finalida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Suzish Triatlon mashgʻulotlari doirasida u suzish bilan ham shugʻullangan. Mashgʻulot paytidagi baxtsiz hodisadan soʻng sportchi S9 toifasida ishtirok etuvchi para suzuvchi sifatida tasniflangan. 2023-yilda Manchesterda oʻtgan Para suzish boʻyicha jahon chempionatida Leary S9 toifasida ayollar oʻrtasidagi 100 metrga erkin uslubda suzish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan (bu natijasi jahon rekordiga juda yaqin boʻlgan), 50 metrga erkin uslubda esa kumush medalga ega boʼlgan.

2024-yil Parij Paralimpiadasida u S9 toifasida ayollar oʻrtasida 100 metrga erkin uslub suzish boʼyicha oltin medalni qoʼlga kiritgan va jahon rekordini oʼrnatgan. Bundan tashqari 34 ochko yoʻnalishida 4×100 metrga aralash usulda suzish boʼyicha aralash estafeta bahslari oltin medaliga ega boʼlgan va shu bilan birga ushbu yoʼnalishda Paralimpiya rekordini ham oʻrnatgan. Bundan tashqari xuddi shu yoʼnalishning 4×100 metrga erkin uslubda suzish boʼyicha aralash estafeta bahslarida kumush medalni qoʼlga kiritgan. Leary S9 toifasida 50 metrga erkin uslubda suzish bahsida esa 1-oʼrinni egallagan va shunday degan: „Men hayotda juda uzoq yoʻlni bosib oʻtdim. Uch yil oldin menga sen yashay olmaysan deb aytishgandi… lekin men yashayapman. Men buning notoʻgʻriligini isbotladim“.

Alexa Learyga John Bell murabbiylik qilgan va ular Gold Coastdagi St Hildaʼs maktabida individual tarzda shugʻullangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Avstraliyalik ayol para suzuvchilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Avstraliyalik ayol triatlonchilar