Oʻrxon () – kelib chiqishi turkcha boʻlgan erkaklar ismi. Shonli hukmdor, qudratli rahbar, sharafli xon degan maʼnolarni anglatadi. Ismning kelib chiqishi haqida aniq maʼlumotlar cheklangan boʻlib, qadimgi turkiy til yoki mongol tilidan kelib chiqqani taxmin qilinadi. Taxminlarga koʻra „Or“ / „Ur“ – qadimiy turkiy tillarda „shon-sharaf“, „botirlik“, „kuch-qudrat“ maʼnolarini bildiradi, „xon“ esa – „hukmdor“, „rahbar“, „podsho“ maʼnosini anglatadi. Ushbu ism asosan Turkiya va Ozarbayjonda mashhur hisoblanadi. Ism Turkiyada 1980-yillardan 2000-yillarning boshiga qadar Turkiyadagi eng mashhur erkak ismlarining 100 taligidan joy olgan.

Taniqli shaxslar Oʻrxon I (1281-1362) — Usmoniylar davlatining asoschisi Usmon Gʻozining oʻgʻli va davlatning ikkinchi hukmdori. Oʻrxon Maxmudov — infeksionist-pediatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), tibbiyot fanlari doktori (1966), professor (1968). Orhan Kemal — turk romanchisi va dramaturgi. Orhan Boran — Turkiyalik radio va teleboshlovchi, aktyor, jurnalist. Orhan Pamuk — zamonaviy turk yozuvchisi, bir necha mukofatlar sovrindori, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindori (2006). Orhan Ademi — shveytsariyalik professional futbolchi, markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi. Orhan Gencebay — turk musiqachisi, bastakor, qoʻshiqchi, aranjirovkachi, prodyuser, koʻplab musiqalar mualifi va aktyor.

Manbalar

Turkum:Kelib chiqishi turkiycha boʻlgan ismlar