Beyza Arıcı (; 1995-yil 27-iyul, Izmir, Turkiya) — turkiyalik professional voleybolchi. Turkiyaning Eczacıbaşı VitrA klubi va Turkiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi tarkibida markaziy toʻsuvchi pozitsiyasida oʻynaydi. Klubdagi faoliyati Beyza Arıcı voleyboldagi faoliyatini Izmirning Işıkkent jamoasida boshlagan, soʻngra 2008-yilda Vakıfbank klubiga oʻtgan. 2013-yilgacha shu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. Yosh boʻlgani sababli oʻsha paytlari katta jamoaga kirishda qiynaladi va 2013—2014-yilgi mavsumda ikkinchi diviziondagi Seramiksan klubiga, 2014–2015-yilgi mavsumda esa birinchi diviziondagi Sarıyer Belediyespor ayollar voleybol klubiga ijaraga berilgan.

Ikki mavsum davomida ijarada oʻynaganidan soʻng, 2015-yil iyulda Trabzon İdmanocağı bilan shartnoma imzoladi. Yangi jamoasi bilan CEV Challenge Cup musobaqasi finaliga chiqdi, biroq finalning ikkala uchrashuvida ham magʻlub boʻlib, Buxarestning CSM București klubiga yutqazdi. „Challenge Cup“dagi yaxshi natijalarga qaramay, İdmanocağı ichki chempionatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Turkiya ligasida oʻninchi o‘rinni egallab, quyi ligaga tushib ketishdan zoʻrgʻa qutuldi.

2016-yil may oyida Çanakkale Belediyespor klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U bu jamoada nafaqat shaxsiy oʻyinlarida, balki jamoa natijalarida ham juda muvaffaqiyatli mavsum oʻtkazdi. Çanakkale Belediyespor klubi tarixda ilk bor Turkiya ayollar volleybol ligasi (2016—2017) mavsumini oltinchi oʻrin bilan yakunladi. Beyza Arıcı esa mavsum yakuni natijalariga koʻra Eda Erdem Dündar va Milena Rašićdan keyin uchinchi oʻrinda, „eng yaxshi markaziy toʻsuvchi“ sifatida e’tirof etildi. Pley-off bosqichida esa Çanakkale Belediyesi chorak finalda Eczacıbaşı VitrA klubiga yutqazdi. Mavsum yakunida esa Arıcı „Eczacıbaşı VitrA“ klubiga qoʻshildi.

„Eczacıbaşı VitrA“ safidagi ilk mavsumida Arıcı jamoasiga CEV Kubogini qoʻlga kiritishda yordam berdi. Shuningdek, Turkiya Kubogi finaliga chiqishda ham hissasini qo‘shdi, ammo finalda „Eczacıbaşı“ Vakıfbank sport klubiga yutqazdi. Turkiya chempionatida Eczacıbaşı mavsum davomida birinchilikni qoʻlga kiritdi va pley-offda Nilüfer Belediyespor hamda Fenerbahçeni magʻlub etib, finalga yoʻl oldi. Final seriyasida „Vakıfbank“ka qarshi Eczacıbaşı 2–1 hisobida oldinda edi, biroq oʻz maydonidagi ikki oʻyinda ham ketma-ket magʻlubiyatga uchrab, seriyani 3–2 hisobida boy berdi. Ushbu seriyada Arıcı „eng yaxshi toʻsuvchi“ deb topildi va mukofot olgan yagona Eczacıbaşı oʻyinchisi boʻldi. Xalqaro faoliyati Beyza Arıcı Turkiya Ayollar Milliy Voleybol Terma jamoasi safida ilk bor 2017-yil 9-iyul kuni Jahon Gran-prisi uchrashuvida Braziliyaga qarshi maydonga tushdi. Sloveniya mezbonlik qilgan 2017 FIVB 23 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan „Turkiya U23 termajamoasi“ a’zosi bo‘ldi va chempionatning faol oʻyinchilari tarkibiga “eng yaxshi markaziy toʻsuvchi” sifatida kiritildi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Voleybolchilar Turkum:Turkiyalik sportchilar Turkum:Turkiyalik ayol sportchilar