T—60 – Ikkinchi Jahon urushi davridagi Sovet yengil tanki. 1941-yil avgust oyida 37-sonli Moskva zavodida Nikolay Aleksandrovich Astrov boshchiligida ishlab chiqilgan. Oʻsha yilning sentyabr oyida T-60 qizil armiya tomonidan qabul qilindi va bir nechta mashinasozlik zavodlarida ommaviy ishlab chiqarildi.
T-60 ni ishlab chiqarish 1943-yil fevralgacha davom etdi. 1941—1943-yillarda Ulugʻ Vatan urushi janglarida faol ishlatilgan jami 5720 dona T-60 yengil tanklari ishlab chiqarilgan. Shunga oʻxshash oltita tank Rossiya va Finlandiyadagi muzeylarda saqlanib qolgan.
Manbalar