Xon-Tangri davlat tabiat bogʻi () – Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyati Oqsuv tumanidagi milliy bogʻ boʻlib, 2016-yil fevral oyida tashkil etilgan. Maydoni — 2 758.003 km². Bogʻni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad — noyob tabiat majmuasi hamda biologik xilmaxillikni saqlash, oʻsimlik va hayvonot dunyosining kamyob, yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlarini muhofaza qilish, shuningdek, Qirgʻiziston Respublikasining alohida muhofaza qilinadigan hududlari tarmogʻini kengaytirish. Bogʻ Qirgʻizistonning eng sharqiy qismida, Terskey Ala-Too va Kakshaal Too togʻ tizmalari oraligʻida tashkil etilgan boʻlib, asosan, Sarijaz daryosi havzasida joylashgan.

Nomlanishi Tabiat bogʻi oʻz nomini dengiz sathidan 6 995 metr balandlikagi dunyoning eng goʻzal choʻqqilardan biri boʻlgan Xon-Tangri choʻqqisidan olgan.

Hayvonot olami Mazkur tabiat bogʻi yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan qor qoploni yashaydigan kam sonli joylardan biri. 2018-yildan 2019-yilgacha boʻlgan davrda bogʻda 14 ta katta va 5 ta kichik qor qoploni qayd etilgan. Manbalar