Eduard Xachaturov (1936-yil 27-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2025-yil 17-iyul) – arman aktyori, rejissyor va ssenariy muallifi. Rejissyor Albert Xachaturovning ukasi. Xachaturov bir necha mashhur oʻzbek kinolari, jumladan, Toʻylar muborak filmiga rejissyorlik qilgan.
Hayoti Eduard 1936-yil 27-martda Toshkent shahrining qadimiy Taxtapul mahallasida tugʻilgan. Xachaturovlar oilasi 1915-yil Turkiyadan Toshkentga koʻchib kelgan edi. Yoshligida ota-onasidan ayrilgan Xachaturov opasi va akalari tarbiyasida voyaga yetgan. Maktabni tamomlagach S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetiga oʻqishga kirgan. Institutida mashhur rejissyorlar Sergey Gerasimov va Tamara Makarova rahbarligida tahsil olgan. Ijodiy faoliyatini diplom ishi boʻlgan „Choʻl“ filmi orqali boshlagan. Bu film Turkmenfilm kinostudiyasida suratga olingan boʻlib, unda hayotda oʻz oʻrnini izlayotgan yigit obrazi tasvirlangan. 1965—1966-yillarda „Turkmenfilm“ kinostudiyasi rejissyori boʻlib faoliyat yuritgan.
Toshkentga qaytgach, avval Oʻzkinoxronika studiyasida, keyinchalik 1967-yildan Oʻzbekfilmda faoliyat olib borgan. U bir qancha mashhur rejissyorlar bilan hamkorlikda koʻplab loyihalarda ishtirok etgan.
Xachaturovning eng yorqin ishlaridan biri – Toshkent metrosi quruvchilariga bagʻishlangan „Ilk yoʻlovchilar“ hujjatli filmi hisoblanadi. Shuningdek, bokschi Rufat Risqiyev hayotiga bagʻishlangan „Ringga chorlamoqda“ filmi sanaladi. Faoliyati davomida oʻzbek kino ustalari Komil Yormatov, Yoʻldosh Aʼzamov, Shuhrat Abbosovlar bilan birga „Qora konsul oʻlimi“, „Olovli yoʻllar“, „Abu Rayhon Beruniy“ filmlarida faoliyat olib borgan. 1978-yilda Xachaturov rejissyorligida Toʻylar muborak filmi suratga olingan.
Vafoti Eduard Xachaturov soʻnggi yillarda „Oʻzkinoxronika“ studiyasida tarixiy va zamonaviy mavzulardagi hujjatli filmlar yaratishda faol boʻlgan. Eduard Xachaturov 2025-yil 17-iyulda vafot etdi.
Filmografiyasi Rejissyor sifatida Yil Film 1966 Sahro 1972 Yaxshi yigit 1974 Chegara hududi 1975 Ilk yoʻlovchilar 1978 Toʻylar muborak 1979 Ringga chorlamoqda 1980 Har uchinchi 1983 Ruscha: Rodniki Ming-Bulaka 1985 Soʻnggi inspeksiya 1987 Katta jang oldidan Manba:
Aktyor sifatida Yil Film 1964 Ruscha: Trudniy Perexod 1971 Goryachie Tropi 1974 Abu Rayhon Beruniy 2002 Sinediktum
Manbalar
Havolalar Eduard Xachaturov IMDbda