Goʻroʻgʻli ibodatxonasi – Ozarbayjon Respublikasining Qazax rayoni Daş Salahlı qishlogʻidagi Avey togʻida, Qarabulaqdan 300-500 metr shimolda joylashgan IV-V asrlarga oid gʻor-ibodatxona.
Ibodatxonaning kirish qismi toʻrtburchaksimon koʻrinishga ega boʻlib, balandligi 5 metrga yetadi. Ichkariga kirilgan sari torayib boradi.
Topilmalar Gʻor hududidagi choʻkindi qatlamlari orasidan ilk oʻrta asrlarga oid bir qancha sopol parchalari topilgan. Bular, asosan, sof gildan iborat yaxshi tayyorlangan buyum yoki but parchalari deb taxmin qilinadi.
Ahamiyati Goʻroʻgʻli ibodatxonasi Chor Rossiyasi davrida ham mahalliy qochoqlar uchun boshpana vazifasini oʻtagan.
Gʻorning qulay strategik joylashuvi qochoq qishloq aholisi uchun boshpana hamda qarshilik nuqtasi sifatida joylashish uchun sharoit yaratgan.
Manbalar
Turkum:Ozarbayjon tarixiy geografiyasi