Katmandu aviatsiya muzeyi — Nepalning Katmandu shahri, Sinamangal hududida joylashgan aviatsiya muzeyi. Muzey Turk havo yo‘llari aviakompaniyasining Airbus A330-300 samolyoti ichida tashkil etilgan boʻlib, bu samolyot 2015-yil mart oyida Tribhuvan xalqaro aeroportida (Katmandu) uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketganidan keyin faoliyatini toʻxtatgan. Samolyot atigi sakkiz oy ishlatilgan. Muzey Nepal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi va uchuvchi Bed Upreti tomonidan tashkil etilgan. Ushbu muzey 2017-yil 28-noyabrda rasman jamoatchilikka ochilgan.

Manbalar

Turkum:Nepal muzeylari