Oqil ( — aqlli, farosatli, es-hushli; bamaʼni) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Oqil Azimov — Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Patent-axborot sohasi asoschisi, olim va ixtirochi. Texnika fanlar doktori.Butunjahon intellektual mulk tashkilotining „Eng mohir ixtirochi“ unvoni sohibi; Oqil Oqilov — tojikistonlik siyosatchi; Oqil Salimov — texnika sohasidagi olim, davlat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi Fanlari Akademiyasi akademik (1990), texnika fanlari doktori (1978), professor (1978); Oqiljon Husanov — oʻzbekistonlik shoir; Oqilxon Sharafiddinov — oʻzbek pedagogi. Mehnat Qahramoni (1968). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1936).

Familiyalar Oqilov Oqilova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari