Nusrat ( — yordam; gʻalaba) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Nusrat Abdullayev — patofiziolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1970); Nusrat Fotih Ali Xon — pokistonlik musiqachi, birinchi navbatda Qavvali qo'shiqchisi; Nusrat Hikmatov — davlat va jamoat arbobi. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani partiya qoʻmitasi birinchi kotibi; Nusrat Inoqov — oʻzbekistonlik xonanda; Nusrat Parpiyev — sovet va oʻzbek kimyogari, Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi; Nusrat Rahmat — yozuvchi va jurnalist.
Familiyalar
Nusratov Nusratova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha uniseks ismlar