Jaʼfar ibn Ahmad al-Mu’tamid (), asosan, al-Mufavvid illalloh () nomi bilan mashhur boʻlgan, Abbosiylar xalifasi al-Mu’tamidning oʻgʻli va 875-yildan 891-yilda amakivachchasi al-Mu’tazid tomonidan chetlashtirilguniga qadar xalifalikning rasmiy taxt vorisi boʻlgan.

Hayoti Jaʼfar ibn al-Mu’tamidning nomi ilk bor 872-yilda tarixchi at-Tabariy tomonidan keltirilgan maʼlumotlarda tilga olingan. 875-yil 20-iyul kuni xalifa al-Mu’tamid davlat boshqaruvi va taxt vorisligi masalasini rasmiy tartibga soldi. Jaʼfar sharafli „al-Mufavvid illalloh“ (yaʼni, „ishlarni Allohga topshiruvchi“) laqabi bilan taxt vorisi etib tayinlandi va unga xalifalikning gʻarbiy qismi – Ifriqiya, Misr, Shom, Jazira va Mosul, Armaniston, Mihrajanqadhaq va Hulvon viloyatlari bosharuvi topshirldi. Jaʼfar ushbu viloyatlarni nomigagina boshqarar, uning noibi sifatida Muso ibn Bugʻa al-Kabir tayinlangan edi. Al-Mu’tamidning ukasi Abu Ahmad (al-Muvaffaq) esa sharqiy viloyatlarga mas’ul boʻlib, Jaʼfardan keyin ikkinchi taxt vorisi etib belgilandi. Biroq agar xalifa hali oʻgʻli al-Mufavvid voyaga yetmagan paytda vafot etsa, hokimiyat xalifaning ukasi al-Muvaffaqqa oʻtishi kerak edi. Shunga qaramay, hokimiyat amalda butunlay al-Muvaffaq qoʻlida boʻlgan. Hokimiyatning boʻlinishi esa, asosan, qogʻozdagi rasmiyatchilik edi. Tarixchi Hugh N. Kennedyning taʼkidlashicha, amalda „al-Mufavvid hokimiyatni boshqarmagan“.

876-yil mart oyida al-Mu’tamid Safforiylar lashkariga qarshi yurish qilib, Dayr al-Aqul jangida qatnashish maqsadida Samarrani tark etib, janub tomon yoʻl oldi. Poytaxt nazorati esa al-Mufavvid (Jaʼfar)ga topshirildi, Muhammad al-Muvallad esa unga yordam berishi kerak edi. 882/883-yillarda al-Muvaffaq va Misrning kuchli va muxtor hokimi Ibn Tulun oʻrtasida qarama-qarshilik kuchayib, ochiq toʻqnashuv yuzaga keldi. Bu vaziyatda al-Mufavvad Ibn Tulunni ochiqdan-ochiq laʼnatlash va uni lavozimlaridan mahrum qilishga majbur boʻldi. Uning oʻrniga Mosul hokimi etib Isʼhoq ibn Kundoj tayinlandi. Biroq amalda Ibn Tulun Abbosiylarning hujumlariga qarshi muvaffaqiyatli qarshilik koʻrsatib, Misrda oʻz hokimiyatini saqlab qoldi. Undan keyin oʻgʻli Humaravayh ham Misrni boshqargan.

891-yil aprel oyida al-Muvaffaq ogʻir kasal boʻlib yotgan paytda regentlik (yaʼni hokimiyatni boshqarish) uning oʻgʻli Abulabbosga oʻtishining oldini olishga urinishdi. Al-Muvaffaq nomaʼlum sabablarga koʻra oʻz oʻgʻlini qamoqqa tashlagan edi. Bag‘dod hokimi esa uning ozod qilinmasligi uchun harakat qildi va al-Muvaffaqning oʻlimi yaqinlashib qolganini bilib, bu vaziyatdan foydalanib qolishga urindi. Hokimiyatni boshqarishda oʻz taʼsirini kuchaytirish maqsadida xalifa va taxt vorisi etib tayinlangan al-Mufavvidni shaharga olib keldi. Ammo bu urinish muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Aholi va, ayniqsa, lashkarlar Abulabbosni qoʻllab-quvvatladi. Askarlar uni ozod qildilar, gʻazablangan olomon hokimning uyini talon-taroj qildi. 4-iyun kuni, al-Muvaffaqning vafotidan ikki kun oʻtib, sadoqat qasamyodi yangilandi va Abulabbosga „al-Mu’tadid billoh“ unvoni berildi hamda al-Muvaffiddan keyingi ikkinchi valiahd deb eʼlon qilindi. Nihoyat, 892-yil 30-aprelda al-Muvaffid taxt vorisligidan butunlay chetlashtirildi. Oktyabr oyida al-Mu’tamid vafot etgach, uning oʻrniga al-Mu’tadid keldi.

Yana qarang

Abdulloh ibn al-Mu’tazz – abbosiy shahzoda, siyosiy arbob va yetakchi arab shoiri. Al-Mutanabbiy – arab tilida ijod qilgan eng buyuk, koʻzga koʻringan va nufuzli shoir.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Abbosiy xalifalarning oʻgʻillari Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:9-asr arab shaxslari