Phuon Keoraksmey (2001-yilda tugʻilgan) – Kambodjalik ekologik faol va yoshlar ekologik harakati Mother Nature Cambodia aʼzosi. U mamlakatdagi ekologik jihatdan zararli infratuzilma loyihalari va korruptsiyaga qarshi kurash olib borgan. 2024-yil 2-iyul kuni u „qirolga haqorat“ va „fitna uyushtirish“ ayblovlari bilan 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, bu Xalqaro Amnistiya tashkiloti tomonidan „Kambodja fuqarolik jamiyatiga qilingan qattiq zarba“ deb baholangan.

Faoliyati 2020-yil 3-sentyabrda Phuon Keoraksmey Pnompen politsiyasi tomonidan Boeung Tamok koʻlini xususiylashtirish rejasiga qarshi norozilik namoyishi chogʻida hibsga olingan. U boshqa faollar bilan birga 18 oy qamoq jazosiga hukm qilingan va 1000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilgan.

2023-yil noyabr oyida Kambodja sudi Keoraksmeyga Right Livelihood Award mukofotini qabul qilish uchun Stokgolmga borishga ruxsat bermadi.

2024-yil 2-iyulda Keoraksmey va Mother Naturening 9 nafar aʼzosi 2012–2021-yillardagi faoliyati uchun 6 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukm arafasida u va uchta hamkasbi oq kiyimda tinch holatda norozilik yurishi uyushtirishgan.

Manbalar

Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kambodjalik faollar Turkum:Yosh faollar Turkum:Ekologik noroziliklar Turkum:Yosh iqlim faollari Turkum:Kambodjalik ekologlar Turkum:Kambodjada inson huquqlari buzilishi Turkum:Inson huquqlarining buzilishi