Muslim ( — islomni qabul qilgan, musulmon) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Muslim Magomayev — ozarbayjonlik opera va pop-qoʻshiqchisi, bastakor va kino aktyori. Ozarbayjon SSR xalq artisti (1971), SSSR xalq artisti (1973); Muslim Yo‘ldoshev — oʻzbek suxandoni, shoir, yozuvchi; Muslim al-Bovardiy — asli xurosonlik bo‘lgan muaddib; Muslim as-Sinjiy — ulamo; Muslim gurses — turkiy arabesk va xalq musiqasi sanʼatkori, bastakor, shoir va aktyor; Muslim ibn Hajjoj — muhaddis, imom. Imom Buxoriydan keyingi hadis ilmining bilimdoni; Muslim ibn Kasir al-Azdiy — sahoba. Husayn ibn Alining hamrohlaridan biri; Muslim ibn Said al-Kilobiy — 723–724-yillarda Umaviylar xalifaligining Xuroson viloyati hokimi; Muslim ibn Uqba — xalifalar Muoviya I va uning oʻgʻli hamda vorisi Yazid I hukmronligi davrida xizmat qilgan sarkarda; Muslim ibn al-Valid — ilk Abbosiylar davrining eng yaxshi shoirlaridan biri va ansoriylarning mavlolaridan.

Familiyalar

Muslimov Muslimova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari