Mixail Davidovich Kaminskiy (1953-yil — 2025-yil 26-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik aktyor, rejissor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. „Ilhom“ teatrining asoschilaridan biri.

Tarjimayi holi Mixail Kaminskiy 1980-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik institutini tamomlagan. Rus yosh tomoshabinlar teatri va M. Gorkiy nomidagi rus dramatik teatrida faoliyat yuritgan. Keyinchalik „Ilhom“ teatrining tashkil etilishiga hissa qoʻshgan. 1998-yilda Toshkentdagi „Aladdin“ teatriga badiiy rahbarlik qilgan. 2022-yildan vafotiga qadar Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filialida aktyorlik mahorati ustaxonasi rahbari sifatida ishlagan. Manbalar

Turkum:1953-yilda tugʻilganlar Turkum:2025-yilda vafot etganlar Turkum:26-mayda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar