Hormuzan – fors zodagonlaridan biri boʻlib, Xuziston viloyati hokimi sifatida xizmat qilgan. Qodisiya jangida Sosoniylar qoʻshini tarkibidagi harbiy sarkardalaridan biri boʻlgan. 642-yilda Shushtar shahri musulmonlar qoʻliga oʻtgach, asirga olingan. Oradan ikki yil oʻtgach, Roshidun xalifasi Umar ibn Xattobning oʻldirilishida ayblangan va uning oʻgʻli Ubaydulloh tomonidan oʻldirilgan.

Oilasi va yoshlik davri right|thumb|250x250px|Xusrav II Parviz tasviri ishlanganoltin dinor Hormuzon boy va obroʻli zodagon boʻlib, Mihrajanqadhaq tumanida tugʻilgan va Sosoniylar imperiyasining yetti Parfiya zodagon urugʻlaridan biriga mansub boʻlgan. Uning Shahriyor ismli ukasi Susa hokimi boʻlib xizmat qilgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Hormuzon Xusrav II Parvizning () kuyovi, Kavad II ning toʻgasi boʻlgan. Biroq ushbu maʼlumot notoʻgʻri boʻlishi ehtimoldan holi emas, chunki Kavodning onasi eronlik emas, balki Mariya ismli Vizantiya malikasi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Roshidun xalifaligiga tegishli qullar Turkum:Xuziston ustoni tarixi Turkum:644-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar