Hermine Nagʻdalyan (; 1960-yil 28-iyulda tugʻilgan) – arman iqtisodchisi va siyosatchi. Bugungi kunda Armaniston Milliy Assambleyasi oʻrinbosar spikeri.
Yoshlik yillari va taʼlimi Nagʻdalyan 1960-yil 28-iyul kuni Yerevanda tugʻilgan. Yerevan milliy iqtisodiyot institutining iqtisodiyot boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Nagʻdalyan 1995-yilda Respublikachilar partiyasi nomidan 49-saylov okrugidan parlament saylovlarida qatnashgan va Milliy Assambleya deputati etib saylangan. Hozirda Davlat va huquq masalalari doimiy qoʻmitasi hamda Iqtisodiy masalalar doimiy qoʻmitasi aʼzosi hisoblanadi. 2012-yil 31-mayda Milliy Assambleyaning oʻrinbosar spikeri etib saylangan. 2014-yilda Nagʻdalyan Armaniston Prezidenti Serj Sargsyan va spiker Hovik Abrahamyan mamlakat tashqarisida boʻlgan paytda uch kun davomida vaqtinchalik Armaniston prezidenti vazifasini bajaruvchi shaxs sifatida faoliyat yuritgan.
Nagʻdalyan Armaniston–AQSh parlamentlararo doʻstlik guruhi rahbari boʻlib faoliyat yuritgan. 2015-yilda AQShning Armanistondagi elchisi Richard M. Mills, Jr. Nagʻdalyanning Rossiyaning „Griboyedov“ klubi aʼzo ekanligini tanqid qilib, uning isteʼfoga chiqishini talab qilgan. Shundan soʻng Nagʻdalyan oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqqan.
Nagʻdalyan Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi (PACE) Armaniston delegatsiyasi rahbari hisoblanadi. 2011-yil 25-fevral kuni u PACEning Iqtisodiy masalalar va rivojlanish boʻyicha qoʻmitasi raisi etib saylangan. 2016-yil yanvar oyida esa PACE vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan va shu yilning kuzgi sessiyasiga raislik qilgan.
U, shuningdek, Armaniston Respublikachilar partiyasi ayollar kengashi rahbari ham hisoblanadi.
Shaxsiy hayoti Hermine Nagʻdalyan Davit Beglaryan bilan oila qurgan, juftlikning besh nafar farzandi bor. 2016-yilda ularga tegishli „Sisian BUAT“ kompaniyasi 636 million dram (taxminan 1,3 million AQSh dollari) miqdoridagi yoʻl qurilish ishlari boʻyicha davlat kontraktini qoʻlga kiritgan.
Mukofotlari
Mkhitar Gosh medali, 2011-yil. Rossiya Federatsiyasi Doʻstlik ordeni, 2014-yil.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:28-iyulda tugʻilganlar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:Siyosatchi ayollar Turkum:Armanistonda tugʻilganlar Turkum:Yerevanda tugʻilganlar